«O‘zbekiston Soliq maslahatchilari
12.07.2024 y. 1-sonli Bayonnomasi bilan
Tasdiqlangan
Soliq maslahatchilari tashkilotlari reestrini shakillantirish va yuritish
Tartibi
Ushbu Tartib O‘zbekiston soliq maslahatchilari palatasining soliq maslahatchilari tashkilotlari reestrini shakllantirish va yuritish, soliq maslahatchilari tashkilotini soliq maslahatchilari tashkilotlari reestriga kiritilganligi xaqida guvohnoma berish tartibini tartibga soladi.
1. O‘zbekiston Respublikasi "Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida"gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq Soliq maslahatchilari palatasi soliq maslahatchilari tashkilotlari reestrini yuritadi, xamda uni shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi "Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida"gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, soliq maslahatchilari tashkiloti soliq maslahatchilari tashkilotlarining reestriga kiritilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaning asosiy shartlari bo‘lib hisoblanadi.
3. Soliq maslahati milliy standarti (1-sonli SMMS) “Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzish tartibi”ning (O‘zR AVda 15.03.2024y. 3502-sonli ruyxati) 3-bandiga asosan soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar soliq maslahatchilari tashkilotlarining reestriga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkiloti hamda yuridik va jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda mijoz (ishonch bildiruvchi) deb yuritiladi) o‘rtasida yozma shaklda tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
4. Soliq maslahati milliy standarti (1-sonli SMMS) “Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzish tartibi”ning (O‘zR AVda 15.03.2024y. 3502-sonli ruyxati) 9-bandiga muvofiq soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan mijoz (ishonch bildiruvchi) uchun shartnomaga soliq maslahatchilari tashkilotining soliq maslahatchilari tashkilotlarining reestriga kiritilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot nusxasini ilova qiladi.
5. Soliq maslahatchilari tashkilotlarining reestri (bundan buyon matnda SMT reestri - deb yuritiladi) soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston soliq maslahatchilari palatasi NNTga (bundan buyon matnda Soliq maslahatchilari palatasi deb yuritiladi) taqdim etgan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi.
6. Soliq maslahatchilari tashkilotini SMT reestriga kiritilishi unga soliq maslahati bo‘yicha xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beradi.
7. Soliq maslahatchilari palatasi soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlar asosida SMT reestrini elektron shaklda yuritadi. SMT reestriga kiritilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, soliq maslahatchilari tashkilotlari tegishli ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim etadilar.
8. Soliq maslahatchilari tashkilotini SMT reestriga kiritishning asosiy mezonlari quyidagilardir:
- qonunchilikda ustav fondini shakllantirishga doir talablar belgilangan hollarda soliq maslahatchilari - muassislarning ustav fondidagi ulushi kamida 51 foizni tashkil yetishi kerak;
- soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari soliq maslahatchisi bo‘lishi kerak;
- ustavda nazarda tutilgan faoliyat turlari O‘zbekiston Respublikasi "Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida"gi Qonuni 9-moddasining birinchi qismida belgilangan soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar va 18-moddasining 10-qismida belgilangan xizmatlar turlariga mos kelishi lozim. Bunda xizmatlar turi yopiq bo‘lishi lozim.
9. Soliq maslahatchilari tashkilotining ushbu Tartibning 8-bandida belgilangan mezonlarga rioya qilmaslik SMT reestriga kiritilmaslik, xamda SMT reestridan chiqarilish uchun asosdir.
10. Ushbu tartibning 8-bandida ko‘rsatilgan ustav kapitalini shakllantirish talablariga nomuvofiqlik yuzaga kelgan taqdirda, soliq maslahatchilari tashkiloti nomuvofiqlik yuzaga kelgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda Soliq maslahatchilari palatasini bu haqda elektron shaklda xabardor qiladi va yuzaga kelgan nomuvofiqlikni ko‘rsatib o‘tilgan sanadan e’tiboran uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda bartaraf etishi yoxud soliq maslahatiga oid faoliyatni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart.
11. SMT reestridan ilgari chiqarib tashlangan soliq maslahatchilari tashkiloti qayta kiritilganda, yangi raqam beriladi.
12. Soliq maslahatchilari tashkilotining soliq maslahatchilari tashkilotlari reestriga kiritilganligi to‘g‘risidagi Guvohnoma (bundan buyon matnda Guvoxnoma deb yuritiladi) soliq maslahatchilari tashkilotining SMT reestriga kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatdir.
13. Guvoxnoma ushbu Tartibning 1-ilovasiga muvofiq QR-kod bilan tasdiqlangan elektron shaklda beriladi.
14. Guvoxnoma har bir kalendar yili uchun beriladi va soliq maslahatchilari tashkiloti va mijoz (ishonch bildiruvchi) o‘rtasida tuzilganida soliq maslahati bo‘yicha xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasiga ilova qilinadi.
2024 yilda amaldagi shartnomalar uchun Guvoxnoma Soliq maslahatchilari palatasi bergan kundan boshlab mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan 30 kun ichida yuboriladi.
Tuzilgan uzoq muddatli va davom etayotgan shartnomalar bo‘yicha kelgusi kalendar yili uchun berilgan Guvoxnoma mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan keyingi yilning 31 yanvariga qadar amaldagi shartnomaga ilova qilish uchun taqdim etiladi.
15. Guvoxnoma "Soliq maslahatchilari tashkilotini soliq maslahatchilari tashkilotlari reestriga kiritish va soliq maslahatchilari tashkilotlari reestrini yuritish to‘g‘risidagi Guvohnomani berganlik uchun yig‘im" (bundan buyon matnda Guvohnoma va SMT reestri uchun yig‘im - deb yuritiladi) to‘langanidan keyin beriladi.
Guvohnoma va SMT reestri uchun yig‘im quyidagi miqdor va muddatlarda to‘lanadi:
Soliq maslahatchilari tashkilotlari SMT reestriga kiritish uchun ariza bergan vaqtda «Guvohnoma va SMT reestri uchun yig‘im”ni to‘lash vaqtida qonun hujjatlarida belgilangan 2 (ikki) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) miqdorida to‘laydilar;
Keyingi yillar uchun barcha soliq maslahatchilari tashkilotlari “Guvohnoma va SMT reestri uchun yig‘im”ni to‘lash paytida, qonun bilan belgilangan 1 (bir) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) miqdorida to‘laydilar. Bunda yig‘im Guvoxnoma olish uchun ariza berishda to‘lanadi.
2024 yil uchun SMT reestriga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari “Guvohnoma va SMT reestri uchun yig‘im”ni, to‘lash vaqtida qonun hujjatlarida belgilangan 1 (bir) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) miqdorida, Guvohnoma olingan kundan boshlab 30 kun ichida to‘laydilar;
16. Guvohnoma va SMT reestri uchun yig‘im Soliq maslahatchilari palatasiga to‘lanadi. Hisob-kitob hisobvarag‘i: 20208000104794781004, MFO:00401, STIR:207017648. To‘lov tafsilotlari: “Guvohnoma va SMT reestri uchun yig‘im”
17. “Guvohnoma va SMT reestri uchun yig‘im” mablag‘lari Soliq maslahatchilari palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi "Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida"gi Qonuni, uning ustavida belgilangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun ishlatiladi.
18. Soliq maslahatchilari reestriga kiritish uchun soliq maslahatchilari tashkiloti Soliq maslahatchilari palatasiga ushbu Tartibning 22-bandida belgilangan tartibda ariza beradi.
19. Kelgusi kalendar yili uchun Guvoxnoma olish uchun soliq maslahatchilari tashkiloti joriy yilning 10 dekabriga qadar Soliq maslahatchilari palatasiga ushbu Tartibning 26-bandida belgilangan tartibda ariza beradi.
20. Soliq maslahatchilari tashkiloti to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar SMT reestriga kiritiladi:
- to‘liq nomi;
- STIR;
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, raqami;
- manzil (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan pochta manzili);
- ofis manzili (doimiy manzil);
-soliq maslahatchilari tashkilotining telefon raqami;
-soliq maslahatchilari tashkilotining elektron pochta manzili va rasmiy veb-sayti (agar mavjud bo‘lsa) ;
- raxbarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
- rahbarga malaka sertifikati berilgan raqam va sana;
- ta’sischi - soliq maslahatchilarining familiyasi, ismi, otasining ismi va malaka guvohnomasining raqami hamda ularning ustav fondidagi ulushi;
- soliq maslahatchisi bo‘lmagan boshqa muassislarning familiyasi, ismi, otasining ismi va ularning ustav fondidagi ulushi;
- soliq maslahatchilari tashkiloti shtatida bo‘lgan boshqa soliq maslahatchilarining familiyasi, ismi, otasining ismi va malaka guvohnomasining raqami.
21. Soliq maslahatchilari palatasining rasmiy veb-saytida SMT reestridan tanishish uchun quyidagi ochiq ma’lumotlar joylashtiriladi:
-soliq maslahatchilari tashkilotining nomi va joylashgan joyi (pochta manzili);
-soliq maslahatchilari tashkilotining telefon raqami;
-soliq maslahatchilari tashkilotining elektron pochta manzili va rasmiy veb-sayti (agar mavjud bo‘lsa) ;
-soliq maslahatchilari tashkilotining STIR;
-soliq maslahatchilari tashkilotining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi, raqami;
-soliq maslahatchilari tashkiloti rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
-soliq maslahatchilari tashkiloti rahbarining malaka sertifikati berilgan raqam va sana;
-SMT reestridan chiqarib tashlash haqida ma’lumot;
-Qonun hujjatlarida va Soliq maslahatchilari palatasi belgilagan SMT majburiyatlari bajarilganligi (bajarilmaganligi) to‘g‘risida ma’lumot.
22. SMT reestriga kiritish uchun soliq maslahatchilari tashkiloti Soliq maslahatchilari palatasining admin@pnk.uz elektron manziliga ZIP – arxiv formatida quyidagilarni yuboradi:
- ushbu Tartibga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza;
- ushbu Tartibning 3-ilovasiga muvofiq shaklda SMT reestriga kiritish uchun ma’lumot;
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi (qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligi) to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
- ustav nusxasi;
- qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomaning nusxasi;
- “Guvohnoma va SMT reestri uchun yig‘im” to‘langanligi xaqidagi to‘lov xabarnoma nusxasi.
23. Ushbu Tartibning 20 bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarning to‘liq taqdim etmaslik soliq maslahatchilarini tashkilotini SMT reestriga kiritmaslik uchun asosdir.
24. Soliq maslahatchilari tashkiloti ushbu Tartibning 20-bandida belgilangan ma’lumotlar va hujjatlar to‘liq taqdim etilgan kundan boshlab 10 kun ichida SMT reestriga kiritiladi.
25. Ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda SMT reestriga kiritish uchun soliq maslahatchilari tashkiloti Soliq maslahatchilari palatasining admin@pnk.uz elektron manziliga ZIP – arxiv formatida quyidagilarni yuboradi:
- ushbu Tartibga 4-ilovaga muvofiq shakldagi ariza;
- ushbu Tartibga 3-ilovaga muvofiq yangilangan SMT reestriga kiritish uchun ma’lumot;
- davlat ro‘yxatdan qayta o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi (qayta ro‘yxatdan o‘tgan taqdirda);
- ustavning nusxasi (agar o‘zgartirilgan bo‘lsa);
- rahbar tayinlash to‘g‘risidagi buyruq nusxasi (rahbar o‘zgargan taqdirda).
26. Keyingi kalendar yili uchun Guvoxnoma olish uchun soliq maslahatchilari tashkiloti joriy yilning 10 dekabriga qadar Soliq maslahatchilari palatasining admin@pnk.uz elektron manziliga ZIP – arxiv formatida quyidagilarni yuboradi:
- ushbu Tartibga 5-ilovaga muvofiq shakldagi ariza;
- “Guvohnoma va SMT reestri uchun yig‘im” to‘langanligi xaqidagi to‘lov xabarnoma nusxasi.
27. Soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan SMT reestriga kiritilmasdan va mijozga (ishonch bildiruvchiga) xizmat ko‘rsatilayotgan yil uchun berilgan Guvoxnomani taqdim qilmasdan xizmatlarini ko‘rsatish soliq maslahatiga oid faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi.

