Toshkent, Tarasa Shevchenko 8. info@pnk.uz

O'quv muassasalariga o'quv jarayoniga qo'yiladigan talablar

SOLIQ MASLAHATCHILARINI TAYYORLASH BO‘YICHA O‘QUV

JARAYONIGA QO‘YILGAN TALABLAR

O‘zbekiston Respublikasining «Soliq maslahatchiligi faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, Soliq maslahatchilari palatasi o‘quv jarayoniga qo‘yilgan talablarni ishlab chiqadi hamda shartnoma asosida soliq maslahatchilarini tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan ushbu talablarning bajarilishini nazorat qiladi.
Ushbu talab mazkur Qonunning yuqorida keltirilgan moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Soliq maslahatchilari palatasi NNT tomonidan tasdiqlangan maxsus kurslar dasturlari bo‘yicha soliq maslahatchilarini tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga qo‘yilgan talablarni belgilaydi:

1. Soliq maslahatchilarini tayyorlash bo'yicha maxsus kurslar dasturlari orqali ta’lim berish, quyidagi ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi:

- Tegishli litsenziya olgan yoki faoliyatini xabarnoma tartibida amalga oshirayotgan tashkilotlar ruyxatiga kiritilgan;

- O‘zbekiston soliq maslahatchilari palatasidan akkreditatsiyadan o’tgan va Akkreditatsiya Guvohnomasini olgan.

 

2. ta’lim tashkilotlari, Soliq maslahatchilarini tayyorlash bo‘yicha maxsus kurslar dasturlari orqali ta’lim berish jarayonida quyidagi talablarni bajarishga majbur:

a) litsenziya talablari hamda faoliyatni faoliyatini xabarnoma tartibida amalga oshirish uchun belgilangan talablarga rioya qilish.

b) O‘zbekiston soliq maslahatchilari palatasi NNT (keyingi o‘rinlarda – Palata) bilan mazkur talablarni bajarilishini monitoring qilish uchun shartnoma tuzish.

v) har bir bo‘limni o‘qitish uchun 4 punktda belgilangan talablarga muvofiq malakaga ega bo‘lgan murabbiylar (murabbiylar)ni jalb qilish;

g) Tinglovchilarni oldindan Palataning rasmiy veb-sayti (pnk.uz) orqali o‘qishga ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlash;

d) Bir guruhdagi tinglovchilarning eng kamida soni – 30 kishi bo‘lgan holda darslarni o‘tkazish;

ye) Darslarda tinglovchilarning ishtirokini (davomatini) ta’minlash;

j) Darslarda materiallar, slaydlar, testlar va misollardan foydalangan holda o‘tkazish;

z) Guruh darslari boshlanishidan oldin 3-punktda belgilangan tegishli ma’lumotlarni Palataga taqdim etish;

i) o‘quv jarayoniga qo‘yilgan talablarga rioya etilishini monitoring qilish uchun Palata xodimlariga o‘qish joyi va masofaviy shaklda o‘tkaziladigan darslarga kirish imkoniyatini ta’minlash;

k) Palataga maqsadli badallar to‘lash yoki Palataning maqsadli badallar shaklidagi xarajatlarini qoplash.

 

3. Ta’lim tashkilotlari tomonidan har bir guruh bo‘yicha Palataga taqdim etiladigan ma’lumotlar:

a) darslar o‘tkaziladigan manzil;

b) masofaviy shaklda o‘tkaziladigan darslar manzili va kirish paroli (havola);

v) darslar dasturi va jadvali;

g) Murabbiylar F.I.Sh. va ular o‘qitadigan bo‘limlar;

d) Murabbiylar (murabbiylar)ning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;

ye) Tinglovchilarning darslarda qatnashishi haqida oyda bir marta taqdim etiladigan oraliq ma’lumot.

 

4. Murabbiylar (murabbiylar) uchun malaka talablari:

a) «Soliq huquqi» bo‘limi bo‘yicha — kamida 2 ta murabbiy: Palata akkreditatsiyasidan o‘tgan, amaliyotda soliq maslahatchisi sifatida faoliyat yuritadigan va soliq organlarida ish tajribasiga ega bo‘lgan;

b) «Yuridik va jismoniy shaxslarning soliqqa tortish» bo‘limi bo‘yicha — kamida 2 ta murabbiy: Palata akkreditatsiyasidan o‘tgan, amaliyotda soliq maslahatchisi sifatida faoliyat yuritadigan va soliq organlarida ish tajribasiga ega bo‘lgan;

v) «Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot» bo‘limi bo‘yicha — kamida 1 ta murabbiy: Palata akkreditatsiyasidan o‘tgan, o‘qituvchilik va amaliy faoliyat tajribasiga ega, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ish tajribasi yoki auditor sifatida ishlagan;

g) «Xalqaro moliyaviy hisobot standartlarining asoslari» bo‘limi bo‘yicha — kamida 1 ta murabbiy: Palata akkreditatsiyasidan o‘tgan, o‘qituvchilik va amaliy faoliyat tajribasiga ega, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ish tajribasi yoki auditor sifatida ishlagan;

d) «Iqtisodiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish» bo‘limi bo‘yicha — kamida 2 ta murabbiy: Palata akkreditatsiyasidan o‘tgan, o‘qituvchilik tajribasi ega va yurist, yuriskonsult, advokat yoki sudya lavozimida ish tajribasiga ega;

ye) «Eksport-import operatsiyalari, valyuta va bojxona tartibga solinishi» fanidan — kamida 1 ta murabbiy: Palata akkreditatsiyasidan o‘tgan, o‘qituvchilik tajribasi ega va ushbu yo‘nalishda amaliy faoliyat yuritish tajribasiga ega;

j) «Soliq maslahatchilik uchun kadastr ishlari» fanidan — kamida 1 ta murabbiy: Palata akkreditatsiyasidan o‘tgan, o‘qituvchilik va amaliy faoliyat tajribasiga ega yoki Kadastr agentligida ishlash tajribasiga ega;

z) «Moliyaviy menejment» bo‘limi bo‘yicha — kamida 1 ta murabbiy: Palata akkreditatsiyasidan o‘tgan, o‘qituvchilik va amaliy faoliyat tajribasiga ega;

i) «Soliq maslahatchiligining huquqiy asoslari» bo‘limi bo‘yicha — kamida 1 ta murabbiy: Palata akkreditatsiyasidan o‘tgan, amaliyotda soliq maslahatchisi sifatida faoliyat yuritadigan yoki soliq organlarida ish tajribasiga ega. Murabbiy akkreditatsiyasi to‘g‘risida guvohnomani olish uchun talabgor (murabbiy) Palata tomonidan akkreditatsiyadan o’tgan ta’lim tashkilotlari 2 ta sinov darsini muvofaqiyatli o‘tkazishi kerak.

 

5. Mazkur talablarni bajarilishining buzilishi, Palata tomonidan belgilangan tartibda ta’lim tashkilotlari tinglovchilarining soliq maslahatchisi sertifikatini olish uchun imtihonga topshirilgan hujjatlarini qabul qilishni rad etish uchun asos bo‘lishi mumkin.

 

6. Mazkur talablarni bajarilishini monitoring qilish Palata tomonidan amalga oshiriladi.