Toshkent, Tarasa Shevchenko 8. info@pnk.uz

Soliq to‘lovchini ixtiyoriy tugatish huquqiga ega SMT ruyxatiga kiritish Tartibi (O‘SMP)

«O‘zbekiston Soliq maslahatchilari
palatasi» NNT Boshqaruvining
2024 yil 15 martdagi
bayonnomasi bilan
tasdiqlangan

Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega
bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish
TARTIBI

Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 2 noyabrdagi «Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari ro‘yxatini yuritish va soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 664-son Qarorini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish uchun ariza berish hamda uni ko‘rib chiqish qoidalarini belgilaydi.


Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga tegishli xulosa berish huquqi o‘z faoliyatini bir yildan ortiq muddat davomida amalga oshirayotgan va shtatida yoki gartnoma asosida kamida bir yillik soliq maslahatchisi stajiga ega soliq maslahatchilari bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlariga hamda auditorlik tashkilotlariga beriladi.


Mazkur Tartibning ikkinchi qismi talablariga javob beruvchi Soliq maslahatchilari tashkiloti (keyingi o‘rinlarda – SMT) yoki auditorlik tashkiloti «O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasi» NNTga mazkur tartibga 1-sonli ilovaga muvofiq «Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari xamda auditorlik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish uchun Ariza”ni o‘zbek yoki rus tillarida taqdim etadi. o'zbek yoki rus tillarida, ushbu tartibning 1-ilovasiga muvofiq.


Ma’lumotlar bilan ishlash, ro‘yxatni yuritish va O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda – Soliq qo‘mitasi) bilan axborot almashinuvini tashkillashtirganlik uchun SMT auditorlik tashkilotlari Palata hisobraqamiga MHTEKMning 2 (ikki) baravar miqdorida yig‘im to‘lanadi. Ro‘yxatga har qanday o‘zgartirish kiritish maqsadida ariza taqdim etganda MHTEKMning 1 (bir) baravar miqdorida yig‘im to‘lanadi.


Ariza va unda ko‘rsatilgan hujjatlar, shu jumladan 2-sonli ilovaga muvofiq “Ro‘yxatga kiritish uchun ma’lumotlar”ni, Palataning admin@pnk.uz elektron manziliga yo‘naltiriladi.


Palata arizani hamda taqdim etilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi, ma’lumot tasdiqlangan shaklga muvofiq va (yoki) to‘liq hajmda taqdim etilmagan taqdirda, kamchiliklarni ish tartibida SMT bilan bartaraf etadi.


Kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng, Palata 3 (uch) ish kuni mobaynida SMTni yoki auditorlik tashkilotini «Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan SMTlar ro‘yxati»ga kiritadi.


Palata axborotni jamlab, «Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari ro‘yxati»ni shakllantiradi va Soliq qo‘mitasining rasmiy saytida u bilan kelishgan holda joylashtirish uchun uni Soliq qo‘mitasiga topshiradi.

 

Soliq qo‘mitasi tomonidan savollar yuzaga kelganda, Palata SMTdan yoki auditorlik tashkilotidan axborotni ishchi tartibda aniqlashtirib, mazkur SMT Soliq qo‘mitasi tomonidan ro‘yxatga kiritilishi bo‘yicha ishni davom ettiradi.


Palata «Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari ro‘yxati»ni o‘zining rasmiy saytida joylashtiradi.


Ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, SMT mazkur Tartibga 3-ilovaga muvofiq “Ruyxatga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida Ariza”ni, “Ro‘yxatga kiritish uchun ma’lumot”ni ilova qilgan xolda Palataning admin@pnk.uz elektron manziliga taqdim etadi.