O‘zbekiston soliq maslahatchilari
palatasining 2026 yil 15.05.2026y.dagi 12-1/a-
sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan
Soliq maslahatchilari tashkilotlari reestrini shakillantirish va yuritish
bo‘yicha kurslarni muvofaqiyatli tamomlagan mutahasislari bo‘lgan, buxgalteriya
hisobini yuritish xizmatlarini ko‘rsatuvchi Autsorsing tashkilotlari reestrini shakllantirish va yuritish
TARTIBI
1. Ushbu Tartib shtatida soliq maslahatchilar va/yoki soliq maslahatchilarni tayorlash dasturi bo‘yicha kurslarni muvofaqiyatli tamomlagan mutahasislari bo‘lgan buxgalteriya hisobini yuritish xizmatlarini ko‘rsatuvchi Autsorsing tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda – Autsorser) to‘g‘risidagi axborotlarni keng ommaga yetkazish, yuqori malakasini tasdiqlash, malakali xizmat olmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun Autsorserlarni tanlashda qulayliklar yaratish hamda Autsorser va soliq maslahatchilari tashkilotlari hamkorligini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
2. O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasi NNTining (keyingi o‘rinlarda – Palata) veb-saytidagi “Autsorsing tashkilotlari Reyestri”ga (keyingi o‘rinlarda – Reyestr) ushbu sohada faoliyat yurituvchi barcha tashkilotlar ixtiyoriylik tamoyili asosida kiritiladi.
Palata saytida (https://pnk.uz/ru/register-of-outsourcing-organizations/) Autsorser to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlar Reestri quyidagi shaklda yuritiladi:
| № | Autsorsing tashkiloti nomi | STIR | Ofis manzili (doimiy joylashgan joy) | Telefon raqami | Elektron manzili | Veb-sayt/ | Rahbar F.I.Sh. |
3. Shtatida soliq maslahatchisi mavjud bo‘lgan yoki soliq maslahatchilarini tayyorlash Dasturi asosida o‘quv kurslarini tamomlagan yoxud hozirgi vaqtda ushbu Dastur asosida tahsil olayotgan xodimlari mavjud bo‘lgan Autsorserlarga Palata Guvohnomasi beriladi (shakli ilova qilinadi).
4. Ushbu Guvohnomaning amal qilish muddati bir kalendar yili bo‘lib, uning maxsus QR kodini skanerlash orqali Autsorerni Palata saytidagi Reestrga kiritilganligini ko‘rish ta’minlanadi.
5. Reestrga kirish uchun Autsorser «O‘ZBEKISTON SOLIQ MASLAHATCHILARI PALATASI QOSHIDAGI “ME’YOR” ILMIY AXBOROT MARKAZI» MChJning (keyingi o‘rinlarda – Markaz) Oferta shartnomasini qabul qiladi (ilova qilinadi).
Ofertaga muvofiq Markaz o‘z zimmasiga Autsorserni Reestrga kiritish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni tayyorlashni, Palataga taqdim qilishni va Reestrga kiritilishini ta’minlaydi.
6. Reestrga kirish uchun har kalendar yiliga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining (keyingi o‘rinda - MXTEKM) ikki baravari miqdorida yig‘im to‘lanadi. Ushbu yig‘im Reestrga kiritish to‘g‘risidagi arizani taqdim etishdan oldin to‘lanadi va kelgusi kalendar yil uchun joriy yilning 15 dekabrigacha to‘lanishi lozim.
7. Autsorser Reestrga kirish uchun Markazning ilmiy.markaz@pnk.uz elektron manziliga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishi lozim:
- Ariza (Reestrga kirish uchun 1-ilova, o‘zgartirishlar kiritishda 2-ilova va kelgusi yilda Reestriga kirish uchun 3-ilova);
- Reestrga kiritiladigan ma’lumotlar (4-ilova);
- Yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
8. Reestrga kiritish to‘g‘risidagi ariza rad etilmaydi. Bunda, arizaga ilova qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlardagi kamchiliklar (mavjud bo‘lsa) bartaraf etilishi bilan arizani ko‘rib chiqish faollashtiriladi.
9. Qabul qilingan barcha hujjatlar Markaz tomonidan besh ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va Markazning iltimosnomasi asosida Palata tomonidan Autsorserni Reestrga kiritiladi.
10. Reestrga kiritilgan va mazkur Tartibning 3-bandiga javob beradigan Autsorserga o‘n ish kunidan oshmagan muddatda joriy kalendar yili uchun Guvohnoma beriladi.
Kelgusi kalendar yil uchun yig‘imni to‘lamagan Autsorserlar Reestrdan chiqarib yuboriladi va yil uchun Guvohnoma berilmaydi.
11. Autsorserning Reestrga kiritiladigan ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda, ushbu o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilova qilingan holda mazkur Tartibning 2-ilovasidagi shaklda Markazga ariza taqdim etiladi.
12. Palata mazkur Tartibga, Reestrga hamda yig‘imlar miqdoriga o‘zgartirishlar kiritishga haqli.

