Toshkent, Tarasa Shevchenko 8. info@pnk.uz

Palata ustavi

“RO’YXATDAN O’TGAN”

Adliya vazirligi

Vazirligi

 

17.04.2013 y.

№ 704п-son

“TASDIKLANGAN”

Qaror

muassislari Umumiy yig‘ilishining

 USTAVI

10-sonli protokol sanasi

 2012-yil 14-oktabr

Umumiy yig’ilish raisi:

B. S. Nabijanov

«O‘zbekiston soliq maslahatchilari palatasi»

nodavlat notijorat tashkilotining

USTAVI

(yangi tahrirda)

 

Tashkent – ​​2012

 

1. Umumiy qoidalar

1.1. «O‘zbekiston soliq maslahatchilari palatasi» jamoa birlashmasi shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti (bundan keyin matnda – Palata) soliq maslahatchilari va soliq maslahatchilarining tashkilotlari umumiy manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish maqsadida jamoat birlashmasi tashkiliy-huquqiy shaklida tuzildi.

1.2. Palata o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi, «Soliq maslahati to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Soliq maslahatini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari va mazkur Ustavga muvofiq amalga oshiradi.

1.3. Palata o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradi.

1.4.  Palataning nomlanishi.

Palataning to‘liq nomi:

davlat tilida: «O‘zbekiston soliq maslahatchilari palatasi» nodavlat notijorat tashkiloti;

Palataning qisqacha nomi:

davlat tilida: «O‘zbekiston soliq maslahatchilari palatasi» NNT;

Palataning to‘liq nomi:

rus tilida: Негосударственная некоммерческая организация “Палата налоговых консультантов Узбекистана”;

Palataning qisqacha nomi:

rus tilida: HHO «Палата налоговых консультантов Узбекистана»;
 

Palataning to‘liq nomi:

ingliz tilida: Nonstate noncommercial organization “Chamber of tax advisors of Uzbekistan”.

Palataning qisqacha nomi:

ingliz tilida: NNO “Chamber of tax advisors of Uzbekistan”.

1.5. Palataning joylashgan yeri (pochta manzili): 100128, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Zulfiyaxonim ko‘chasi, 24 «b»-uy.

1.6. Palata davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka egalik qiladi, mustaqil balansga, banklarda hisobvaraqlarga, muhr, shtamp, nomi yozilgan blanklar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan simvollar va faoliyati uchun zvrur bo‘lgan rekvizitlarga ega.

1.7. Palata O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunchilikka va mazkur Ustavga muvofiq tashkil etiladigan o‘z tarkibiy bo‘linmalariga ega bo‘lishi mumkin.

2. Palataning maqsad va vazifalari

2.1. Palataning tashkil qilinishi va faoliyatining maqsadi – soliqmaslahatchilari va soliq maslahatchilarining tashkilotlari umumiymanfaatlarini ifoda etish va himoya qilishdir.

2.2. Palata o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun turli davlatorganlari va jamoat tashkilotlari, ilmiy va tadbirkorlik tuzilmalari bilanhamkorlikda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda eng muhimlariquyidagilar bo‘lgan vazifalarni bajaradi:

1) Palata a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, uslubiy,maslahat berish va axboriy qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan ularning faolprofessional faoliyat olib borishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, Palataa’zolari o‘rtasidagi, shuningdek Palata a’zolari bilan ularning mijozlario‘rtasidagi nizolarda vositachilik qilish (iltimosnomalar bo‘yicha);

2) Palata faoliyatining professional soliq maslahati berishni barpoetish, rivojlantirish va takomillashtirish kompleks dasturlari hamda aniqloyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ularni tashkiliy-texnik vamoliyaviy jihatdan ta’minlash;

3) qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlar loyihalari bo‘yicha soliqmaslahatchilari instituti sub’ektlari faoliyatining huquqiy asoslarinibelgilaydigan va tartibga soladigan takliflarni belgilangan tartibdatayyorlash va taqdim etish, ularning O‘zbekiston Respublikasining amaldagiqonun hujjatlari tamoyillariga va xalqaro talablarga muvofiq bo‘lishinita’minlash;

4) soliq solish va turdosh huquq sohalarining me’yoriy-huquqiybazasini takomillashtirish va tizimlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, 3 shuningdek iqtisodiyot va huquqning tegishli sohalarida ilmiy tadqiqotlarniilgari surishga ko‘maklashish;

5) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Moliya vazirliginingvakolatli davlat organi huzuridagi Soliq maslahati bo‘yicha kengashdaqatnashish;

6) soliq maslahatchilarini professional tayyorlash va ularningmalakasini oshirish tizimini tashkil etishda ishtirok etish;

7) soliq maslahatchilarini professional tayyorlash va ularningmalakasini oshirish yagona dasturlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishdaqatnashish;

8) soliq maslahatchilarini sertifikatlash bo‘yicha takliflar ishlabchiqishda qatnashish;

9) qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda soliqmaslahatchilarini sertifikatlash jarayonida ishtirok etish;

10) soliq maslahatchilarini tayyorlash o‘quv kursiga kiradiganpredmetlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va amaliy tavsiyalarni ishlabchiqish va nashr etishni tashkil qilishda ko‘maklashish;

11) soliq maslahatchisining professional etika me’yorlarini ishlabchiqish va tasdiqlashda qatnashish, Palata a’zolariga professional burchmasalalarida maslahat berish;

12) davlat organlari, jamoat tashkilotlari, ilmiy va tadbirkorliktuzilmalari vakillari ishtirokida soliq maslahatchiligi, soliq solish vaturdosh huquq sohalarining uslubiyatini takomillashtirish va me’yoriy-huquqiybazasini tizimlashtirishga doir dolzarb muammolarni, shu jumladan xalqaroko‘lamda muhokama qilish bo‘yicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalarva anjumanlar tashkil etish;

13) Palata a’zolarining murojaatlari bo‘yicha soliq solish va turdoshhuquq sohalarida mustaqil ekspertizani amalga oshirishda ko‘mak berish;

14) soliq solish va soliq maslahati berish bo‘yicha axborot-tahliliy vauslubiy bazani shakllantirish, kutubxona resurslarini shakllantirish;

15) professional soliq maslahatchiligini rivojlantirishga imkonyaratadigan istiqbolli tashabbuslar va yangiliklarga, shuningdek axborottexnologiyalariga ko‘maklashish;

16) soliq maslahatchiligini rivojlantirish va takomillashtirishmasalalari bilan shug‘ullanadigan chet el professional soliq maslahatchilaripalatalari va xalqaro tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatish va hamkorlik qilish,soliq maslahatchilarining xalqaro tashkilotlariga jamoaviy a’zo sifatidakirish;

17) soliq maslahatchiligi institutini rivojlantirishga yo‘naltirilganboshqa vazifalar.

2.3. Qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyatturlari bilan shug‘ullanish faqat tegishli litsenziyalarni olgandan so‘ng amalgaoshiriladi.

3. Palataning huquq va majburiyatlari

3.1. Palataning huquqlari.
Mazkur Ustavda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish va vazifalarni amalga oshirish uchun Palata qonun hujjatlarida belgilangan tartibga asosan quyidagi huquqlarga ega::

1) fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchisi sifatida faoliyat olibborish, mulkiy va nomulkiy huquqlarni olish;

2) o‘z a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini belgilangantartibda taqdim etish va himoyalash;

3) turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha tashabbuslar bilan chiqish,davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga belgilangan tartibdatakliflar kiritish;

4) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat hokimiyati vaboshqaruvi organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qatnashish;

5) o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatish;

6) soliq maslahatchiligi sohasida belgilangan tartibda ommaviy axborotvositalarini ta’sis etish;

7) Palataning ramziy belgilarini ta’sis etish;

8) o‘z faoliyati masalalari bo‘yicha Umumiy yig‘ilishlar o‘tkazish;

9) tegishli litsenziyalar olgandan keyin noshirlik faoliyatini amalgaoshirish, shuningdek maxsus ma’lumotnoma materiallari va bukletlarbosish;

10) qonun hujjatlariga muvofiq tarkibiy bo‘linma ochish;

11) boshqa tashkilotlar, korxonalar va O‘zbekistonning davlat organlaribilan hamkorlik qilish, hamkorlik (sherikchilik) to‘g‘risida bitimlartuzish;

12) xalqaro aloqalar o‘rnatish, hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzish hamdaxalqaro dastur va loyihalarda ishtirok etish;

13) beg‘araz yordam, badallar, grantlar va boshqa mablag‘larni olish;

14) ustav vazifalarini bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalari barpoetish;

15) Palata filiallari bajarishi shart bo‘lgan qarorlar qabul qilish;

16) Palata filiallarining amaldagi qonun hujjatlari va Palata Ustavigamuvofiq kelmaydigan qaror va buyruqlarini tegishli tartibda bekorqilish;

17) Palataning tarkibiy bo‘linmalari moliyaviy va xo‘jalik faoliyatinitekshirish va taftish qilish;

18) Palata hududiy filiallari raislarini lavozimga qo‘yishni va egallabturgan lavozimidan ozod etishni tasdiqlash;

19) Palataning ayrim a’zolari majburiyatlariga rioya etishlarini nazoratqilish va Ustavda nazarda tutilgan choralarni qo‘llash;

20) xalqaro soliq maslahatchilari tashkilotlariga (birlashmalariga) a’zobo‘lish.

Palata qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham egadir.

3.2. Palataning majburiyatlari.

Palataning majburiyatlari:

1) qonun hujjatlariga rioya etish;

2) o‘z mol-mulki va pul mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi axborot bilan tanishishni ta’minlash;

3) Palatalarni ro‘yxatga oluvchi organga o‘zi o‘tkazadigan tadbirlar daqatnashish imkonini berish;

4) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi, soliq va statistika organlariga belgilangantartibda o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobotlar taqdim etish.

Palata qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga hamegadir.

4. Palata a’zolari

4.1. Sertifikatlangan soliq maslahatchilari (bundan keyin matnda – a’zolar) ixtiyoriy asosda Palata a’zolari bo‘lishlari mumkin.

4.2. A’zolik yakka tartibda yoki jamoaviy bo‘lishi mumkin.

4.2.1. Soliq maslahatchilarining bitta tashkiloti shtatida bo‘lgansertifikatlangan soliq maslahatchilari jamoaviy a’zolar bo‘lishlari mumkin.

4.2.2. O‘z nomidan arizalar bergan sertifikatlangan soliq maslahatchilariyakka tartibdagi a’zolar bo‘lishlari mumkin. Soliq maslahatchilari tashkilotinomidan arizalar bergan sertifikatlangan soliq maslahatchilari jamoaviya’zolar bo‘lishlari mumkin.

4.3. Palata a’zolarining huquqlari

Palata a’zolari quyidagi huquqlarga ega:

1) Palataning axboriy, uslubiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlashidanfoydalanish;

2) Palataning, shuningdek Palata tuzadigan seksiyalar va qo‘mitalarningrahbarlik organlariga saylash va saylanish;

3) Palata o‘tkazadigan soliq maslahatchiligini rivojlantirish, soliqmaslahatchilari professional faoliyatini qo‘llab-quvvatlash vatakomillashtirish bo‘yicha tadbirlarda ustuvor tartibda ishtirok etish;

4) Ustavga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lish.

4.4. Palata a’zolarining majburiyatlari.

Palata a’zolari quyidagi majburiyatlarga ega:

1) Ustavga, shuningdek Palata qabul qiladigan lokal hujjatlarningqoidalariga rioya etish;

2) soliq maslahatchiligi sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etish;

3) Ustavga binoan Palata faoliyatida faol ishtirok etish;

4) belgilangan badallarni vaqtida to‘lab borish;

5) Palata boshqaruv organlarining qonuniy qarorlari va ko‘rsatmalarini bajarish.

4.5. Boshqaruvga berilgan yozma arizaga ko‘ra Palata a’zoligiga qabul amalga oshiriladi.

4.6. Soliq maslahatchilari tashkilotida sertifikatlangan soliq maslahatchilari uch nafardan ortiq bo‘lsa, jamoaviy a’zolar jamoa nomidan bitta ariza beradilar.

4.7. Palata a’zoligiga qabul qilish masalasini Boshqaruv yozma ariza qabul qilingan paytdan boshlab 30 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqadi.

4.8. Palata a’zoligiga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi qaror Palataning lokal hujjatlari bilan belgilangan tartibda qabul qilinadi.

4.9. Palataga a’zo bo‘lishda har bir a’zo a’zolikka kirish badalini to‘laydi, uning miqdori Boshqaruvning taqdimotiga ko‘ra Umumiy yig‘ilish tomonidan tasdiqlanadigan Palataga a’zolik to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.

4.10. Palata faoliyatida eng faol ishtirok etuvchi a’zolar Boshqaruv qarori bilan yillik a’zolik badallarini to‘lashdan ozod etilishi mumkin.  

4.11. Palata a’zoligidan chiqqanda to‘langan badallar qaytarilmaydi.

4.12. Boshqaruvni yozma ravishda ogohlantirgan holda Palata a’zoligidan ixtiyoriy tarzda chiqish mumkin.

4.13. Palata a’zoligidan chiqarish to‘g‘risidagi qaror Umumiy yig‘ilishtomonidan ham quyidagi bir yoki bir nechta asoslarga ko‘ra qabul qilinishimumkin:

- Palata a’zosi majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajadabajarmaslik;

- Palata yoki Boshqaruv ishiga to‘sqinlik qiluvchi, shu jumladan uningmavqei va ishchanlik obro‘siga ziyon yetkazuvchi harakatlarni (ma’naviy,axloqiy yoki iqtisodiy zarar keltiruvchi harakatlar) amalga oshirish;

- soliq maslahatchiligi sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilanbelgilangan me’yorlarni buzish;

- professional soliq maslahatchiligi sohasidagi faoliyatga qo‘yiladiganprinsiplar, qoidalar, me’yorlarga rioya qilmaslik;

- davriy va maqsadli a’zolik badallarini belgilangan muddatlardato‘lamaslik;

— Palata Nizomlari va boshqa lokal hujjatlari talablarini bajarmasa.

4.13.1. Yuqorida qayd etilgan asoslarga ko‘ra jamoaviy a’zoni Palataa’zoligidan chiqarish to‘g‘risidagi qaror muayyan shaxsga nisbatan qabul qilinadi.

5. Palataning boshqaruv organlari

Palataning boshqaruv organlari quyidagilar hisoblanadi:

- Palata a’zolarining umumiy yig‘ilishi (matnda – Umumiy yig‘ilish);

- Palata Boshqaruvi (matnda – Boshqaruv).

5.1. Umumiy yig‘ilish Palata boshqaruvining oliy organi hisoblanadi.

5.1.1. Umumiy yig‘ilishning mutlaq vakolatiga quyidagilar kiradi:

1) Ustavni tasdiqlash (shu jumladan yangi tahrirda) hamda unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

2) Boshqaruv tarkibidan Boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlarini ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylash;

3) Palatani qayta tashkil etish;

4) Palatani tugatish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;

5) Palata faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

6) Boshqaruv tarkibi a’zolari sonini belgilash, uning a’zolarini saylash va ularning vakolatini muddatidan oldin tugatish;

7) Palataning Taftish komissiyasini saylash va uning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish;

8) Palatada auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish maqsadida auditorlik tashkilotini tanlash;

9) a’zolikka kirish va a’zolik badallari miqdorlarini, shuningdek yillik byudjetni tasdiqlash;

10) yillik hisobotlar, buxgalteriya balanslarini tasdiqlash;

11) Boshqaruv to‘g‘risidagi nizom, Palataga a’zolik to‘g‘risidagi nizom, Palataning Taftish komissiyasi to‘g‘risidagi nizom, Ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizom va boshqa lokal hujjatlarni tasdiqlash;

12) Palataning bosma organi, bo‘linmalari, filiallarini tashkil etish va Palata vakolatxonalarini ochish, ustav vazifalarini bajarish maqsadida tadbirkorlik tuzilmalarini barpo etish, shuningdek ularni yopish (tugatish);

13) Umumiy yig‘ilish reglamentini tasdiqlash;  

5.1.2. Umumiy yig‘ilishning mutlaq vakolatiga kiritilgan masalalar (5.1.4- bandda ko‘rsatilganlari bundan mustasno) Boshqaruvning hal qilishiga berilishi mumkin emas.

5.1.3. Umumiy yig‘ilish bir yilda bir marta o‘tkaziladi. Boshqaruvning qaroriga ko‘ra Umumiy yig‘ilishni navbatdan tashqari chaqirish mumkin.

5.1.4. Boshqaruv Palataning barcha a’zolari 30 foizidan ortig‘ining talabiga ko‘ra ham, Yig‘ilishning kun tartibiga qo‘yiladigan masalani ko‘rsatgan holda navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishni chaqirishi mumkin.

5.1.5. Boshqaruv taklif etilayotgan kun tartibiga tashabbuskor tomonidan masala qo‘yilganda navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilish chaqirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi. Qo‘yilayotgan masala Palataning joriy faoliyatida ahamiyatga molik va dolzarb bo‘lsa, navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. 

5.1.6. Umumiy yig‘ilish u haqda ommaviy axborot vositalari, internetda e’lon qilish yoki uni o‘tkazish joyi, vaqti va kun tartibini ko‘rsatgan holda alohida taklifnomalar yuborish yo‘li bilan chaqiriladi. Umumiy yig‘ilishni chaqirish to‘g‘risida uni o‘tkazishga kamida 15 kun qolganda xabardor qilinadi.

5.1.7. Umumiy yig‘ilish ishida mehmonlar ishtirok etishi, ularning miqdoriy tarkibi va qatnashish maqsadlari to‘g‘risida Boshqaruv har bir alohida holda oldindan ma’lum qiladi.

5.1.8. Umumiy yig‘ilish majlislari kvorum mavjud bo‘lganda ochiladi.

5.1.9. Umumiy yig‘ilish majlisida Palataning ro‘yxatdan o‘tkazilgan a’zolari umumiy sonining oltmish foizidan ortig‘i ishtirok etsa, kvorum mavjud deb hisoblanadi.

5.1.10. Umumiy yig‘ilish majlisini o‘tkazish uchun kvorum mavjud bo‘lmaganda Umumiy yig‘ilishning yangi majlisini o‘tkazish sanasi e’lon qilinadi. Bunda kun tartibini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

5.1.11. Palata a’zolari teng huquq va majburiyatlarga ega, Umumiy yig‘ilishda ishtirok etayotgan har bir a’zo bitta ovozga ega. Sirtdan ovoz berish va ovoz berish huquqini boshqaga berishga yo‘l qo‘yilmaydi. Jamoaviy a’zolar jamoa nomidan bitta ovoz berish huquqiga ega.

5.1.12. Umumiy yig‘ilishning qarorlari a’zolar bergan ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Palata a’zolari ovozlari teng bo‘lganda Boshqaruv Raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.

5.1.13. Umumiy yig‘ilish qarorlarini ijro etish Palataning barcha a’zolari uchun majburiydir.

5.1.14. Umumiy yig‘ilish har bir majlisining yakunlari bo‘yicha bayonnoma tuziladi, unga Umumiy yig‘ilishga raislik qiluvchi va kotib uni o‘tkazishdan ko‘pi bilan 15 kundan keyin imzo chekadilar. Umumiy yig‘ilish majlisining bayonnomasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- Umumiy yig‘ilish majlisini o‘tkazish joyi va vaqti;

- Umumiy yig‘ilish majlisini o‘tkazish vaqtida Palata a’zolarining umumiy soni;

- Umumiy yig‘ilish majlisida ishtirok etayotgan Palata a’zolarining umumiy soni;

- muhokama qilinayotgan barcha masalalarni aks ettiradigan kun tartibi;

- majlis ishtirokchilari chiqishlarining asosiy mazmuni;

- ovozga qo‘yilgan masalalar;

- Umumiy yig‘ilish tomonidan qabul qilingan qarorlar;

- ularga doir ovoz berish yakunlari.

5.2. Boshqaruv Palata faoliyatiga rahbarlik qiladi va barcha masalalar bo‘yicha qarorlar chiqaradi, mazkur Ustav bilan Umumiy yig‘ilishning mutlaq vakolatiga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno.

5.2.1. Boshqaruv Palata a’zolaridan yetti kishilik tarkibda, 5 yil muddatga saylanadi.

5.2.2. Boshqaruv Palataning quyidagi a’zolari orasidan saylanadi:

- Palata faoliyatida faol qatnashuvchi;

- Boshqaruv va Umumiy yig‘ilishning ko‘rsatmalari, topshiriqlarini vijdonan bajaruvchi;

- soliq maslahatchiligi sohasi faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga hissa qo‘shuvchi.

5.2.3. Boshqaruv a’zolari quyidagi sabablarga ko‘ra Boshqaruv tarkibidan chiqarilishi mumkin:

1) belgilangan muddat tugagach;

2) Boshqaruv tarkibidan ixtiyoriy ravishda chiqish to‘g‘risida Boshqaruv raisi nomiga berilgan arizaga binoan;

3) Boshqaruv Raisi yoki Palata a’zolari taklifiga ko‘ra:

— 5.2.17 va 5.2.18-bandlarda belgilangan Boshqaruv a’zolari majburiyatlarini bajarmasa yoki lozim darajada bajarmasa;

— boshqaruv ishiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni amalga oshirsa;

— boshqaruv ishida axloqiy va ma’naviy me’yorlarga rioya etmasa;

— boshqaruv majlislarida uzrli sababsiz ikki va undan ortiq marotaba qatnashmasa (hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabab bundan mustasno);

— Palata Nizomlari va boshqa lokal hujjatlari talablarini bajarmasa.

5.2.4. Istisno holatlarda Boshqaruvning butun tarkibi muddatidan avval qayta saylanishi mumkin. Palata a’zolarini Boshqaruvga takroran saylashga yo‘l qo‘yiladi.

5.2.5.  Boshqaruv vakolatiga quyidagilar kiradi:

- Umumiy yig‘ilishning yillik va navbatdan tashqari majlislarini chaqirish;

- Umumiy yig‘ilish majlislarining kun tartiblarini tayyorlash;

- kun tartibiga kiritilgan masalalarni Umumiy yig‘ilishning hal qilishi uchun kiritish;

- Palata byudjeti, shuningdek a’zolikka kirish va a’zolik badallari miqdorlarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;

- Palata faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert kengashi, ishchi guruhlar, seksiyalar va qo‘mitalar tashkil etish va ularning vakolatlarini belgilash;

- Palata a’zoligiga qabul qilish (qabul qilishni rad etish) haqida qaror qabul qilish va Palata a’zolarining yagona reestrini yuritish;

- Palata bosma organining bosh muharriri va mas’ul kotibi bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;

- Palataning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish va tugatish, shuningdek ustav vazifalarini bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini barpo etish;

- Palataning ramziy belgilarini tasdiqlash;

- Palata Ustavida nazarda tutilgan va Umumiy yig‘ilish o‘z vakolatiga kiritmagan boshqa vazifalarni bajarish.

5.2.6. Boshqaruv o‘z vakolatiga kirmaydigan masalalarni Umumiy yig‘ilish ko‘rib chiqishiga olib chiqishga haqli.

5.2.7. Boshqaruv Raisi va uning o‘rinbosari Boshqaruv tarkibidan Umumiy yig‘ilish tomonidan ko‘pchilik ovoz bilan, 5 yil muddatga saylanadi.

5.2.8. Boshqaruv Raisi Palata faoliyatiga umumiy va joriy rahbarlik qiluvchi shaxs sanaladi.

5.2.9. Boshqaruv Raisi hozir bo‘lmaganda uning vazifalarini Boshqaruv Raisi o‘rinbosari bajaradi.

5.2.10. Boshqaruv Raisi barcha instansiyalarda Palata vakili bo‘ladi.

5.2.11. Boshqaruv Raisi o‘z vakolati doirasida Palata nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, shu jumladan:

- Palata manfaatlarini ifodalaydi hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishadi;

- banklarda ochilgan hisobvaraqlardagi mablag‘larni tasarruf etadi, Palata amalga oshiradigan faoliyatga taalluqli barcha hujjatlarga birinchi imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘ladi;

- Umumiy yig‘ilish va Boshqaruv qarorlari ijrosini, ayrim maqsadli loyihalar va dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkillashtiradi;

- hisobotlar tayyorlanishi va taqdim etilishini tashkillashtiradi;

- ustav vazifalarini bajarish uchun mol-mulkni tasarruf etadi;

- Palata shtatlarini tasdiqlaydi, mehnat jamoasini shakllantiradi, Palataning barcha a’zolari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.

5.2.12. Palata shtatida bo‘lgan, saylanadigan lavozimlarga saylangan xodimlar Boshqaruv Raisi bilan mehnat shartnomalari tuzadi, Umumiy yig‘ilish nomidan mehnat shartnomalarini yig‘ilish vakolat bergan shaxs imzolaydi.

5.2.13. Boshqaruv Raisi Boshqaruv ishini tashkillashtiradi, Boshqaruv majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi, majlislarda bayonnoma yuritilishini tashkil etadi, Umumiy yig‘ilish majlislarida raislik qiladi.

5.2.14. Boshqaruv ishi reglamenti, majlis chaqirish tartibi va muddatlari Boshqaruv to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi. Joriy majlis chorakda kamida bir martao‘tkaziladi. Majlis kvorum – Boshqaruv a’zolarining 4 nafari mavjud bo‘lganda o‘tkaziladi.

5.2.15. Boshqaruvning navbatdan tashqari majlisi quyidagi hollarda chaqiriladi:

- Palata ustav faoliyatida yuzaga kelayotgan masalalarni tezkor hal etish zarur bo‘lganda Boshqaruv raisining qaroriga ko‘ra;

- Palata a’zoligiga qabul qilish to‘g‘risida arizalarni ko‘rish uchun;

- ikki va undan ortiq boshqaruv a’zolarining talabiga ko‘ra, basharti Palata ustav faoliyatida yuzaga kelayotgan masalalarni tezkor hal etish uchun zarur masalalar kun tartibiga qo‘yilgan bo‘lsa.

5.2.16. Ayrim hollarda Boshqaruv qarori so‘rov o‘tkazish usuli bilan qabul qilinishi mumkin, u keyinchalik boshqaruv a’zolari imzolari bilan tasdiqlanadi.

5.2.17. Boshqaruv qarorlari uning a’zolari bergan ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Boshqaruv a’zolari ovozlari teng bo‘lganda Boshqaruv Raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.

5.2.18. Boshqaruv a’zolari quyidagi majburiyatlarga ega:

- Boshqaruv va Palata ishida faol ishtirok etish;

- Boshqaruv va Palata ishini takomillashtirishga doir aniq takliflar kiritish;

- Boshqaruv va Boshqaruv raisining qonuniy topshiriqlarini halollik bilan, o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarish;

- Boshqaruv yig‘ilishlarida umumqabul qilingan ma’naviy va axloqiy me’yorlarga rioya etish;

- tasdiqlangan jadval yoki Boshqaruv Raisining alohida topshiriqlariga ko‘ra Palatada navbatchilik qilish;

- soliq maslahatchiligi faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish (takliflar kiritish);

- soliq qonunchiligi va soliq maslahatchiligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga doir takliflar berish;

- Raisning topshirig‘iga ko‘ra Palata nomidan mintaqalar va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ham o‘tkaziladigan turli yig‘ilishlar, anjumanlar, majlislarda qatnashish;

- Raisning topshirig‘iga ko‘ra respublika mintaqalarida o‘tkaziladigan soliq maslahatchilarini tayyorlash, malakasini oshirish va attestatsiyadan o‘tkazish dasturlarida (tadbirlarida) qatnashish.

5.2.19. Boshqaruv a’zolari zimmasigaga qonunchilik va Palata ustaviga zid bo‘lmagan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.

6. Palataning mol-mulki va uni shakllantirish manbalari

6.1. Palata o‘z mulki, xo‘jalik yuritishi va tezkor boshqaruvida binolar, inshootlar, turar joylar, asbob uskunalar, transport vositalari, inventar, pul mablag‘lari, shu jumladan xorijiy valyutadagi mablag‘lar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulkka ega bo‘lishi mumkin.

6.2. Palata mol-mulkini shakllantirishning manbalari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

- a’zolarning a’zolikka kirish va a’zolik badallari;

- a’zolardan bir martalik (maqsadli) tushumlar;

- yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy mulkiy badallari va beg‘araz yordami;

- Palataning tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar (foyda);

- yuridik va jismoniy shaxslar, davlat, xorijiy va xalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning grantlari, shuningdek homiylarning mablag‘lari;

- qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

6.3. Palataning mol-mulki ustavda belgilangan maqsad va vazifalarni bajarishga hamda ma’muriy xarajatlarni qoplashga ishlatiladi.

7. Palataning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat qilish

7.1. Palataning moliyaviy va xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiluvchi organlar, shuningdek Umumiy yig‘ilish tomonidan Palataning uch nafargacha a’zolari tarkibida ikki yil muddatga saylanadigan Palata Taftish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

7.2. Taftish komissiyasi faoliyat yuritish tartibi Umumiy yig‘ilish tomonidan tasdiqlanadigan Palataning Taftish komissiyasi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.

7.3. Palata va uning tarkibiy bo‘linmalari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) Palata Taftish komissiyasi tomonidan kalendar yildagi faoliyat yakunlari bo‘yicha yoki Palataning Taftish komissiyasi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilangan hollarda amalga oshiriladi.

7.4. Umumiy yig‘ilish o‘z qarori bilan Palataning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni auditorlik tashkilotiga u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq topshirishga haqli.

8. Palataning tarkibiy bo‘linmalari

8.1. Palataning tarkibiy bo‘linmalari mazkur Ustav va Tarkibiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomga asosan shakllantiriladi va o‘z faoliyatini amalga oshiradi.

8.2. Tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari Palata Boshqaruvi tomonidan 3 yil muddatgacha saylanadi va qayta saylanadi.

8.3. Tarkibiy bo‘linmalar faqat tegishli hududiy adliya organlarida hisobga olinganlaridan keyin o‘z faoliyatlarini amalga oshirishga haqli bo‘ladilar.

9. Palatada hisob va hisobot yuritish

9.1. Palata o‘z faoliyati natijalari hisobini yuritadi hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi, statistika va soliq organlariga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etadi.

10. Ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi

10.1. Ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalar Umumiy yig‘ilish tomonidan kiritiladi;

10.2. Takliflar va Ustavga qo‘shimchalar Boshqaruv qarori bilan kiritiladi;

10.3. Ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Palataning istalgan a’zosi Boshqaruvga yozma ravishda kiritishi mumkin;

10.3.1. Boshqaruv ikki oy davomida kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi, agar ular amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmasa, Umumiy yig‘ilishning navbatdagi majlisi kun tartibiga ularni kiritishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

10.4. Palata a’zolari umumiy sonining kamida 50 foizini tashkil etadigan a’zolar guruhidan kelib tushgan Ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflar Umumiy yig‘ilishning navbatdagi majlisi kun tartibiga albatta kiritilishi kerak.

10.5. Umumiy yig‘ilishning qarori bilan Ustavga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

 11. Palatani qayta tashkil etish, faoliyatini to‘xtatish va tugatish

11.1. Palatani qayta tashkil etish Umumiy yig‘ilishning qaroriga muvofiq qo‘shilish, birlashish, bo‘linish, ajralib chiqish va qayta o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Palatani qayta tashkil etish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

11.2. Palataning faoliyati u O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlarini buzgan taqdirda sud tomonidan to‘xtatilishi mumkin;

11.2.1. O‘zbekiston Respublikasi hududida favqulodda holat e’lon qilingan holda Palata faoliyatini to‘xtatish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

11.3. Palatani tugatish Umumiy yig‘ilishning qarori asosida yoki sud tartibida amalga oshiriladi;

11.3.1. Palata a’zolari yoki Palatani tugatish haqida qaror qabul qilgan organ davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan adliya organi bilan kelishgan holda tugatish komissiyasini tayinlaydilar;

11.3.2. Palatani tugatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi;

 

11.3.3. Palata tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuv davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan adliya organi tomonidan quyidagi hujjatlarga asoslanib yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga kiritiladi:

- Palata tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvni yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga kiritish haqidagi ariza (ixtiyoriy tugatish hollarida);

- Umumiy yig‘ilishning Palatani tugatish haqidagi qarori;

- Palata Ustavi va boshqa ta’sis hujjatlari, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;

- tugatish balansi yoki topshirish dalolatnomasi yoxud ajratuvchi balans.

 

11.4. Palata mol-mulki u qayta tashkil etilgan taqdirda huquqiy vorisga beriladi, tugatilgan taqdirda kreditorlar talablari qondirilgandan keyin qolgan mol-mulk Palata a’zolari, shuningdek Palata rahbar organlari a’zolari yoki xodimlari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin emas, u Ustavda nazarda tutilgan vazifalarni hal etish yoki xayriya faoliyatiga yo‘naltiriladi.