Toshkent, Tarasa Shevchenko 8. info@pnk.uz

Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi to'g'risidagi NIZOM

O‘zbekiston soliq maslahatchilar

palatasi NNT Boshqaruvining

2023 yil 1 martdagi

1-son Bayonnomasiga
ilova

Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega
bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari ro‘yxatini yuritish va soliq to‘lovchilar ixtiyoriy
tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi «Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida»gi Qonunining 7, 12, 13, 16, 24, 28 – moddalariga muvofiq ishlab chiqildi va soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibini belgilaydi.

I. Umumiy qoidalar

1 O‘zbekiston Respublikasining «Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq soliq maslahatchilari o‘z malakalarini oshirib borishlari shart.

2. Soliq maslahatchilari kasbiy bilimlar va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi hamda ularni soliq maslahatchilari tashkiloti tarkibida soliq maslahati bo‘yicha sifatli xizmatlar ko‘rsatish uchun yetarli bo‘lgan darajada saqlab turishi kerak.

3. Soliq maslahatchisining har yilgi malaka oshirishdan Soliq maslahatchilari palatasi tomonidan belgilangan tartibda o‘tmaganligi malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi.

4. Soliq maslahatchilari o‘z malakalarini Soliq maslahatchilar palatasi tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida oshirib borishadi.

5. Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish soliq maslahatchilar uchun zarur bo‘lgan soliqqa solish, soliq xuquqi, xuquq, buxgalteriya sohalaridagi dolzarb mavzular va predmetlar bo‘yicha Soliq maslahatchilar palatasi tomonidan xar yilga alohida tasdiqlangan 20- akademik soatlik o‘quv dasturi asosida o‘tkaziladi.

II. Ta’lim muassasalarida soliq maslahatchilarining malakasini oshirish

6. Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish Soliq maslahatchilar palatasi xuzuridagi ta’lim tashkilotlari amalga oshiriladi.

7. Malaka oshirish ta’lim muassasasi va soliq maslahatchisi yoki soliq maslahatchilari tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

8. Soliq maslahatchilarining (sh.j. soliq maslahatchi sertifikatini joriy yilning 1 apreliga qadar olgan) malakasini oshirish har yili 1 maygacha amalga oshiriladi.

9. Joriy yilning 1 aprelidan keyin soliq maslahatchi sertifikatini olgan soliq maslahatchilar ushbu yilning 15 dekabrgacha malakasini oshirishi lozim.

10. Ta’lim muassasasi tomonidan soliq maslahatchilarining malakasini oshirish maxsus kurslarini o‘taganligi to‘g‘risida sertifikat beriladi

11. Ta’lim muassasasi malaka oshirgan soliq maslahatchilarning ruyhatini Soliq maslahatchilar palatasiga taqdim qiladi. Ushbu ruyxat asosida Soliq maslahatchilar palatasi soliq maslahatchi malaka oshirganligi to‘g‘risida ma’lumotni «Soliq maslahatchilar reestri”ga kiritadi.

III. Yakuniy qoidalar

12. Soliq maslahatchisining har yilgi malaka oshirishdan o‘tmagan malaka sertifikatining amal qilishini Soliq maslahatchilari palatasi buyrug‘i asosida tugatiladi.