«O‘zbekiston soliq maslahatchilari palatasi»
Qaror muassislari Umumiy yig‘ilishining
USTAVI
2012 yil 14 oktyabrdagi
10 -son bayonnomasi bilan
“TASDIQLANGAN”
Umumiy yig‘ilish Raisi:
B. S. Nabijonov
«O‘ZBEKISTON SOLIQ MASLAHATCHILARI PALATASI»
NNT A’ZOLIGI TO‘G‘RISIDA
NIZOM
Mazkur Nizom «O‘zbekiston soliq maslahatchilari palatasi» (bundan keyin – Palata) nodavlat notijorat tashkiloti Ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, Palata a’zoligiga qabul qilish shartlari va tartibini, a’zolikdan chiqarish, shu jumladan Palata a’zolari tarkibidan ixtiyoriy chiqish shartlari va tartibini, shuningdek Palata a’zolarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
| ATAMALAR VA QISQARTMALAR | |
| PALATA | - «O‘zbekiston soliq maslahatchilari palatasi» nodavlat notijorat tashkiloti |
| Umumiy yig‘ilish | - «O‘zbekiston soliq maslahatchilari palatasi» nodavlat notijorat tashkiloti a’zolarining Umumiy yig‘ilishi |
| Boshqaruv | - «O‘zbekiston soliq maslahatchilari palatasi» nodavlat notijorat tashkilotining Boshqaruvi |
| Palata a’zosi | - «O‘zbekiston soliq maslahatchilari palatasi» nodavlat notijorat tashkilotining a’zosi |
| Jamoaviy a’zolar | Soliq maslahatchilari tashkiloti mehnat jamoasidan iborat jismoniy shaxslar (sertifikatlangan soliq maslahatchilari) guruhi |
| Davriy a’zolik badali | - «O‘zbekiston soliq maslahatchilari palatasi» nodavlat notijorat tashkilotining a’zosi har yili to‘laydigan badal |
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Quyidagi jismoniy shaxslar Palata a’zolari bo‘lishlari mumkin: sertifikatlangan soliq maslahatchilari – yakka tartibdagi a’zolar (bevosita) va soliq maslahatchilari tashkiloti shtatida bo‘lgan (jamoaviy a’zolar), Palataning maqsad va vazifalarini qo‘llab-quvvatlaydigan, professional soliq maslahatchiligi barpo etilishi, rivojlanishi va takomillashishida, soliq to‘lovchilarning soliq madaniyatini oshirishda ishtirok etayotgan, Palata Ustaviga rioya etuvchi va mazkur Ustavga muvofiq badallar to‘lovchi sertifikatlangan soliq maslahatchilari.
1.2. Palataga a’zolik ixtiyoriy sanaladi. Palata a’zoligidan ixtiyoriy ravishda yoki Umumiy yig‘ilish qaroriga ko‘ra, Ustavda va mazkur Nizomda belgilangan tartibda chiqiladi;
1.3. Palata a’zolari (jismoniy shaxslar) teng huquq va majburiyatlarqa egadirlar.
1.4. Palata a’zosining huquqlari uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.
1.5. Palata a’zolarni ro‘yxatdan o‘tkazadi va Palata a’zolarining yagona reestrini yuritadi.
1.6. Palata Boshqaruvi Palata a’zolari reestrining tutib turuvchisi hisoblanadi.
2. A’ZOLIKKA QABUL QILISH ASOSLARI VA TARTIBI
2.1. Palata tarkibiga yangi a’zolar Palata Boshqaruvi tomonidan qabul qilinadi.
2.2. Palata a’zoligiga kirish uchun da’vogar Boshqaruv Raisi nomiga ariza, shuningdek mazkur Nizomning 2.4, 2.5-bandlarida ko‘rsatilgan boshqa hujjatlarni taqdim etadi.
2.3. Palata Boshqaruvi Raisi da’vogarni ariza taqdim etilgan kundan boshlab 30 kundan oshmagan muddatda Boshqaruvning yaqin oradagi majlisida tanishtiradi.
2.4. Palata a’zosi maqomini olish istagini bildirgan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi a’zolar) quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- belgilangan namunadagi ariza (1-son ilova);
- belgilangan shaklda to‘ldirilgan anketa (3-son ilova);
- pasport nusxasi;
- soliq maslahatchisi malaka sertifikatining nusxasi;
- ikkita fotosurat (3 x 4 o‘lchamda).
2.5. Palata a’zosi maqomini olish istagini bildirgan jismoniy shaxslar (jamoaviy a’zolar) quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- soliq maslahatchilari tashkiloti bergan belgilangan namunadagi ariza (2-son ilova);
- belgilangan shaklda to‘ldirilgan anketa (3-son ilova);
- pasport nusxasi;
- soliq maslahatchisi malaka sertifikatining nusxasi;
- SMT davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma nusxasi;
- SMT jamoasi har bir a’zosining ikkita fotosurati (3 x 4 o‘lchamdagi).
2.6. Boshqaruv da’vogarni Palata a’zoligiga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan holda da’vogar mazkur qaror chiqarilgan kundan boshlab 30 kunlik muddatda a’zolikka kirish va dastlabki davriy a’zolik badalini to‘lashi shart.
2.7. Da’vogar mazkur Nizomning 2.6-bandini bajarmagan taqdirda Boshqaruv da’vogarni Palata a’zoligiga qabul qilish haqidagi qarorni bekor qilishga haqli.
2.8. Da’vogar a’zolikka kirish va yillik a’zolik badallarini to‘lagan hamda Uzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zolarining yagona reestriga kiritilgan paytdan boshlab Palata a’zolari tarkibiga qabul qilingan hisoblanadi.
2.9. Palata a’zolariga (yakka tartibdagi va jamoaviy) belgilangan namunadagi a’zolik sertifikatlari beriladi.
2.10. Yo‘qotilgan a’zolik sertifikati o‘rniga Palata a’zosining arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Dublikatni berganlik uchun dublikatni tayyorlash va rasmiylashtirish qiymati miqdorida haq undiriladi.
2.11. Boshqaruv Palata maqsadlariga erishish va vazifalarini bajarishda salmoqli hissa qo‘shgan jismoniy shaxslarga Palataning Faxriy a’zosi maqomini berishga haqli.
2.12. Palataning Faxriy a’zolari Umumiy yig‘ilishda kengashuv ovozi huquqidan foydalanadilar, a’zolikka kirish va davriy a’zolik badallari to‘lashdan ozod etiladilar.
3. PALATADAGI A’ZOLIKNI TO‘XTATISH TARTIBI VA ASOSLARI
3.1. A’zoning Palata tarkibidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra chiqishi Boshqaruv Raisi nomiga yozma ariza taqdim etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
3.2. A’zolikni ixtiyoriy to‘xtatish haqida yozma ariza bergan paytdan boshlab chiqish tashabbuskori Palata a’zolari tarkibidan chiqarilgan hisoblanadi.
3.3. Umumiy yig‘ilish quyidagi bir yoki bir nechta asoslarga ko‘ra a’zoni Palata tarkibidan chiqarishga haqli:
- Palata a’zosi majburiyatlarini muntazam ravishda bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik;
- Palata yoki Boshqaruv ishiga to‘g‘anoq bo‘luvchi, shu jumladan uning mavqei va amaliy obro‘siga ziyon yetkazuvchi harakatlarni (ma’naviy, axloqiy yoki iqtisodiy ziyon yetkazuvchi harakatlarni) amalga oshirish;
- soliq maslahatchiligi sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan me’yorlarni buzish;
- professional soliq maslahatchiligi sohasidagi faoliyatga qo‘yiladigan prinsiplar, qoidalar, me’yorlarga rioya etmaslik;
- davriy va maqsadli a’zolik badallarini belgilangan muddatlarda to‘lamaslik;
- Palataning Nizomlari va boshqa lokal hujjatlari talablarini bajarmaslik.
3.4. Palata a’zosi Umumiy yig‘ilish uni a’zolikdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilganidan va Uzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zolari yagona reestriga tegishli yozuv qayd etilganidan so‘ng uning tarkibidan chiqarilgan hisoblanadi.
3.5. Boshqaruv tashabbusiga ko‘ra Palata tarkibidan chiqarilgan Soliq maslahatchilari palatasi a’zosimazkur qaror qabul qilinganligi va uning qabul qilinishi sabablari haqida 10 kunlik muddat ichida xabardor qilinishi kerak.
3.6. Soliq maslahatchilari palatasidagi a’zolik to‘xtatilganda a’zolikka kirish va davriy a’zolik badallari qaytarilmaydi.
4. PALATA A’ZOLARI TARKIBINING HISOBINI YURITISY
4.1. Palata a’zolari tarkibi Palata a’zolari reestrida ro‘yxatdan o‘tkaziladi, reestrni yuritish va saqlashni tashkil etish majburiyatlari Palata Boshqaruvi Raisi zimmasiga yuklatiladi.
4.2. Palata a’zolari reestrida quyidagi axborot mavjud bo‘lishi kerak:
- Boshqaruvning Palata a’zoligiga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori sanasi (raqami);
- shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
- a’zolik sertifikati olingan sana;
- pasport seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi, yashash joyi;
- ish joyi;
- STIR;
- soliq maslahatchisi malaka sertifikati raqami, berilgan sanasi;
- a’zolik sertifikati amal qilishi to‘xtatilganligi, bekor qilinganligi, qayta rasmiylashtirilganligi va dublikat berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
4.3. Palata a’zolari reestriga yozuvlar quyidagi hollarda kiritiladi:
4.3.1. shaxs Palata a’zoligiga qabul qilinayotganda – Palata Boshqaruvining tegishli qarori asosida;
4.3.2. shaxs Palata a’zoligidan chiqarilayotganda – Palata Umumiy yig‘ilishining tegishli qarori asosida;
4.3.3. shaxs o‘z ixtiyoriga ko‘ra Palata a’zoligidan chiqayotganda – shaxsning yozma arizasi (qarori) asosida;
4.3.4. Palata a’zosining arizasi asosida u haqdagi muhim axborot o‘zgarganda.
4.4. O‘zgartirishlar u tegishli hujjat olgan paytdan boshlab 5 (besh) kundan ortiq bo‘lmagan muddatda kiritiladi. Reestrdagi o‘zgartirishlarni belgilovchi barcha hujjatlar Reestr bilan birga saqlanadi.
5. PALATA A’ZOLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
5.1. Palata a’zolari quyidagi huquqlarga ega:
5.1.1. Palata ishlarini boshqarishda qatnashish;
5.1.2. Palata faoliyat haqida axborot olish;
5.1.3. o‘z xohishiga ko‘ra Palata tarkibidan chiqish;
5.1.4. Palata a’zolari Umumiy yig‘ilishlari kun tartibiga takliflar kiritish;
5.1.5. Palataga uning faoliyati bilan bog‘liq istalgan masalalar bo‘yicha murojaat qilish;
5.1.6. mol-mulkni Palataga mulk qilib berish;
5.1.7. soliq maslahatchilarining amaliy faoliyatida, shuningdek soliq maslahatchilarini o‘qitish va malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish jarayonida, basharti Palataning lokal hujjatlarida boshqa narsa qayd etilmagan bo‘lsa, Palataning axboriy, uslubiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlashidan foydalanish;
5.1.8. o‘z amaliy faoliyatida Palata simvollaridan foydalanish;
5.1.9. soliq maslahatchilari professional faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarda ustuvor tartibda qatnashish;
5.1.10. Palataning ustav faoliyatida faol ishtirok etuvchi Palata a’zolari ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida bo‘lg‘usi mijozlarni xabardor qilish maqsadida Palataning axborot berish imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin.
5.2. Palata a’zolari quyidagi majburiyatlarga ega:
5.2.1. Ustav, mazkur Nizom va Palata faoliyatida nazarda tutilgan boshqa lokal hujjatlar talablariga rioya etish;
5.2.2. Palata faoliyatida qatnashish;
5.2.3. Palata a’zolari Umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilangan davriy va maqsadli badallarni o‘z vaqtida to‘lash;
5.2.4. Palata faoliyati bilan bog‘liq masalalarni hal etish uchun zarur axborotni taqdim etish;
5.2.5. Palataning boshqa a’zolari va uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda Palata tomonidan qabul qilingan professional soliq maslahatchiligi sohasida professional faoliyat hamda professional etika qoida va standartlariga rioya etish;
5.2.6. Palata aloqadorligini suiiste’mol qilish va professional axloq chegaralaridan chiqish hollariga yo‘l qo‘ymaslik.
6. BADALLARNI TO‘LASH TARTIBI VA MUDDATLARI
6.1. Palatada quyidagilar belgilanadi:
- bir martalik a’zolikka kirish badali;
- davriy a’zolik badali;
- maqsadli badallar.
6.2. A’zolikka kirish badali Boshqaruv Palata a’zoligiga qabul qilganligi haqida qaror chiqargan kundan boshlab 30 kunlik muddatda bir marta to‘lanadi.
6.3. Palataga yangi a’zo bo‘lgan shaxs a’zolikka kirish badali bilan birga dastlabki davriy a’zolik badalini to‘laydi.
6.4. Ikkinchi va undan keyingi davriy a’zolik badallarini Palataning har bir a’zosi o‘z xohishiga ko‘ra: bir vaqtda yoki chorakda bir marta, yillik a’zolik badalining to‘rtdan bir qismidan kam bo‘lmagan miqdorda teng ulushlar bilan to‘laydi.
6.5. Palataga yangi a’zo bo‘lgan shaxs Boshqaruvning a’zolikka qabul qilish to‘g‘risidagi qarori chiqarilgan chorakdan boshlab yillik a’zolik badali ulushida hisoblangan miqdorda davriy a’zolik badalini to‘laydi.
6.6. A’zolikka kirish va davriy a’zolik badallari pul mablag‘lari bilan to‘lanadi.
6.7. Palatada a’zolikka kirish va davriy a’zolik badallari miqdorini belgilashga tabaqalashtirilgan yondashuv (maqomga ko‘ra) joriy etiladi.
6.8. Palataning jamoaviy a’zolari vakillar sonidan qat’i nazar umumiy asoslarda bir martalik a’zolikka kirish badalini to‘laydilar.
6.9. Palataning jamoaviy a’zolari davriy a’zolik badallari, basharti bitta soliq maslahatchilari tashkilotining kamida 3 (uch) nafar vakili bo‘lsa, Palataning yakka tartibdagi a’zolari uchun belgilangan davriy a’zolik badalining 50 foizi hisobidan to‘lanadi.
6.10. A’zolikka kirish va davriy a’zolik badallari miqdori, shuningdek a’zolikka kirish va davriy a’zolik badallari to‘lash tartibi (muddati va shakllari) bilan bog‘liq o‘zgartirishlar, Palataning shakllantirilayotgan byudjeti zaruriy ehtiyojlaridan kelib chiqib, har yili Boshqaruv tomonidan belgilanadi va Palata a’zolari Umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi hamda butun joriy yil davomida o‘zgartirilmaydi.
6.11. Maqsadli badallar aniq tadbirlar va dasturlarni mablag‘bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Majburiy maqsadli badallar miqdori, shakllari va to‘lash muddatlari Boshqaruvning taqdim etishiga ko‘ra Umumiy yig‘ilish tomonidan tasdiqlanadi. Palata a’zolari, shu jumladan Boshqaruv qaroriga ko‘ra ham ixtiyoriy maqsadli badallar to‘lashlari mumkin.
Ilova №1
Uzbekiston soliq maslahatchilari palatasi
2023 yil 1 martdagi
Soliq konsalting tashkilotlari
a’zoligiga qabul qilish to‘g‘risida ariza
_____________________________________________________________________________________
(jismoniy shaxs F.I.Sh.)
O‘zbekiston soliq maslahatchilari palatasi (Palata) Ustavi bilan tanishib chiqib, uning maqsad va vazifalariga qo‘shilib, «O‘zbekiston soliq maslahatchilari palatasi» nodavlat notijorat tashkilotiga a’zolik to‘g‘risidagi nizomga asosan harakat qilgan holda meni Palatasi a’zoligiga qabul qilishingizni so‘rayman.
Ustav, A’zolik to‘g‘risidagi nizom va Palataning boshqa hujjatlari talablarini bajarish majburiyatini zimmamga olaman. Bir martalik a’zolikka kirish va davriy a’zolik badallarini o‘z vaqtida to‘lashni kafolatlayman.
Mening professional faoliyatim to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Palata axborot resurslarida joylashtirishingizni so‘rayman.
Aloqa bog‘lash uchun rekvizitlarim:
Pochta manzili ______________________________________________________________ _____________________________________________________________________________
Telefon (shahar kodi bilan) __________________________________
Faks (shahar kodi bilan) ___________________________________
E-mail _________________________________________________
________________ /_______________ /
(F.I.Sh.)
«____» ____________ 202 __ г.
Ilova ________ varaqda.
2-son ilova
Uzbekiston soliq maslahatchilari palatasi
2023 yil 1 martdagi
Soliq konsalting tashkilotlari
dan ___________________________________________________________
(solik maslaxatchilar tashkiloti nomi )
___________________________________________________________
(jismoniy shaxs F.I.Sh.)
O‘zbekiston soliq maslahatchilari palatasi (Palata) Ustavi bilan tanishib chiqib, uning maqsad va vazifalariga qo‘shilib, «O‘zbekiston soliq maslahatchilari palatasi» nodavlat notijorat tashkilotiga a’zolik to‘g‘risidagi nizomga asosan harakat qilgan holda meni Palatasi a’zoligiga qabul qilishingizni so‘rayman.
Ustav, A’zolik to‘g‘risidagi nizom va Palataning boshqa hujjatlari talablarini bajarish majburiyatini zimmamga olaman. Bir martalik a’zolikka kirish va davriy a’zolik badallarini o‘z vaqtida to‘lashni kafolatlayman.
Mening professional faoliyatim to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Palata axborot resurslarida joylashtirishingizni so‘rayman.
Aloqa bog‘lash uchun rekvizitlarim:
Pochta manzili ______________________________________________________________ _____________________________________________________________________________
Telefon (shahar kodi bilan) __________________________________
Faks (shahar kodi bilan) ___________________________________
E-mail _________________________________________________
________________ /_______________ /
(F.I.Sh.)
«____» ____________ 202 __ г.
Ilova ________ varaqda.
3-son ilova
Soliq maslahatchilari palatasi a’zoligiga nomzod anketasi
(jismoniy shaxs uchun)
1. F.I.Sh.___________________________________________________________
2. 2. Tug‘ilgan yili, sanasi va joyi ___________________________________________________________________
3. Pasport ma’lumotlari ___________________________________________________________________
4. Turar joy manzili ___________________________________________________________________
5. STIR ___________________________________________________________________
6. Telefon, faks, e-mail ___________________________________________________________________
7. Soliq maslahatchisi malaka sertifikati ma’lumotlari
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
8. Ma’lumotliligi ___________________________________________________________________________________________________________________________________________________
9. Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni ___________________________________________________________________
10. So‘nggi 3 yil ichidagi ishi haqida ma’lumotlar __________________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
11. Sud hukmi bilan muayyan lavozimlarni egallash yoki moliyaviy-xo‘jalik munosabatlari sohasida muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan qachondir mahrum qilinganmi (agar mahrum qilingan bo‘lsa, aynan qachon, qaysi sud tomonidan, sudlanganligi)
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
12. Professional faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (Palata axborot resurslarida joylashtirish uchun)
___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
12.1 Professional faoliyati ___________________________________________________________________
12.1. Professional faoliyatni amalga oshirish joyi (manzili, tel., faks.)
_____________________________________________________________________________
_____________________________________________________________________________
«____» ____________ 202 __ г. ________________ /_______________ /
(F.I.Sh.)

