Toshkent, Tarasa Shevchenko 8. info@pnk.uz

FAQ

Tez-tez beriladigan savollarga javoblar

MEN SOLIQ MASLAHATCHISI SERTIFIKATINI OLMOKCHIMAN, TALABLAR QANDAY?

O‘zbekiston Respublikasining "Soliq maslahati faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq, talabgor bir vaqtning o‘zida quyidagi talablarga javob berishi kerak: oliy ma’lumotga ega bo‘lishi; kamida besh yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi, shu jumladan kamida ikki yil iqtisod yoki huquq sohasida; Soliq maslahatchilari palatasi tomonidan belgilangan tartibda "Soliq maslahatchilarini tayyorlash kursi" ni tamomlagan bo‘lishi.

Qonunga muvofiq, Soliq maslahatchilari palatasi, o‘quv markazlariga nisbatan talablarni belgilaydi. "Soliq maslahatchilarini tayyorlash" kursini faqat Palata tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan, ya’ni u bilan shartnoma tuzgan o‘quv markazlarida o‘tash mumkin.

Ha, xorijiy oliy o‘quv yurti tomonidan berilgan diplomning ekvivalentligini tan olish to‘g‘risida vakolatli davlat organining guvohnomasini olgandan so‘ng, imtihonda ishtirok etish uchun hujjatlar topshirishingiz mumkin.

Agar sizda "Soliqlar va soliqqa tortish" mutaxassisligi bo‘yicha ikki yildan ortiq ish stajingiz bo‘lsa, "Soliq maslahatchisi o‘quv kursi"ni tugatgandan so‘ng imtihonda qatnashishingiz mumkin.

Ha, mumkin. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kvalifikatsiya talablariga qo‘shimcha ravishda, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga egaligini tasdiqlovchi hujjat yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnoma taqdim etish lozim

Ha, shunday. "Soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonini o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom (yangi tahrirda)"ga muvofiq, Talabgor imtihonda qatnashish uchun yig‘im to‘lashi shart

"Imtihon topshirishga qabul qilingan talabgorlarning umumiy ro‘yxati" bo‘limida joylashtirilgan elektron havola orqali, elektron shaklda to‘liq hujjatlarning ro‘yxati bilan arizani topshirish kerak.

Tashkilotni "Soliq maslahatchisi tashkilotlari reestri" ga kiritish uchun "Soliq maslahatchilari reestrini shakllantirish va yuritish tartibi"da nazarda tutilgan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati bilan ariza tayyorlab va uni admin@pnk.uz elektron pochtasiga yuborish kerak.

Soliq maslahatchilari tashkilotini ushbu reestrga kiritish uchun "Soliq to‘lovchini tugatishda SMT xulosani berish to‘g‘risidagi Nizom"da nazarda tutilgan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati bilan ariza shakllantirib admin@pnk.uz elektron pochtaga yuborish kerak.

Sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun arizani "Sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun ariza berish" bo‘limida joylashtirilgan elektron havola orqali topshirish kerak.

Siz javob topmadingizmi?

Agar siz savolingizga javob topa olmasangiz, bizga elektron pochta xabarini yuboring yoki qo'ng'iroq qiling va biz sizga maslahat beramiz.