Toshkent, Tarasa Shevchenko 8. info@pnk.uz

Soliq to‘lovchini tugatishda SMT xulosani berish to‘g‘risida Nizom (O‘R VMQ)

Vazirlar Mahkamasining
664-son qaroriga
ILOVA

Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega
bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari ro‘yxatini yuritish va soliq to‘lovchilar ixtiyoriy
tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxat) yuritish va soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibini belgilaydi.

2. Mazkur Nizom ro‘yxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari, shuningdek yillik aylanmasi oxirgi uch yil ichida o‘n milliard so‘mdan oshmagan hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Soliq qo‘mitasi) «Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash» avtomatlashtirilgan dasturi (keyingi o‘rinlarda — dastur) orqali aniqlanadigan soliq xavfi darajasi o‘rta bo‘lgan — yuridik shaxslar hamda soliqlar va yig‘imlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to‘laydigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga (keyingi o‘rinlarda — soliq to‘lovchilar) nisbatan tatbiq etiladi.

2-bob. Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlarining ro‘yxatini shakllantirish tartibi shakllantirish tartibi

3. Tashkil etilganidan boshlab bir yildan ortiq muddat davomida faoliyat olib borayotgan hamda shtatida kamida bir yillik soliq
maslahatchisi stajiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari mavjud bo‘lgan yoxud shartnoma asosida ularni jalb etgan holda faoliyat yuritayotgan soliq maslahatchilari va auditorlik tashkilotlari soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxatiga kiritiladi.
Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlarining ro‘yxatini yuritish va soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

4. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda ularga soliqlar bo‘yicha xulosa beruvchi soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari sifatida ro‘yxatga kiritilishini so‘rab O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga (keyingi o‘rinlarda — Palata) murojaat qiladi.

5. Murojaat tushgan kundan boshlab Palata uch ish kuni davomida ro‘yxatga kiritishni so‘rab murojaat qilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarining mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini Soliq maslahatchilari reestrida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida o‘rganib chiqadi va soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkilotini ro‘yxatga kiritish yoki ro‘yxatga kiritishni rad etish to‘g‘risida xulosa beradi.

6. Palata tomonidan:

soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarini ro‘yxatga kiritish to‘g‘risida tashkilotlari ro‘yxatgaqilinganda ushbu xulosa asosida ularning ro‘yxati shakllantiriladi va soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari bu haqida xabardor qilinadi;

soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari ushbu tashkilotlari ro‘yxatga ko‘rsatilgan talablarga muvofiq kelmaganda ularni ro‘yxatga kiritishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi va tashkilotlari ro‘yxatga auditorlik tashkilotlariga mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etiladi.

7. Soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari ro‘yxatga kiritishni rad etish to‘g‘risida xulosada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda Palataga qayta murojaat etishlari mumkin.

Ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan talablardan tashqari boshqa  asoslarga ko‘ra soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarini ro‘yxatga kiritish rad etilishi taqiqlanadi.

8. Soliq qo‘mitasi Palata tomonidan yuritiladigan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari ro‘yxati shakllantirilgandan so‘ng uch ish kunida elektron shaklda onlayn tarzda yoki xat orqali olinishini ta’minlaydi.

Soliq qo‘mitasi Palata tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatni mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan shaklda uch ish kunida o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi va muntazam ravishda yangilab boradi.

3-bob. Soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin bo‘lgan soliq to‘lovchilarni aniqlash tartibi

9. Soliq qo‘mitasiga davlat xizmatlari markazlaridan belgilangan tartibda ixtiyoriy tugatish jarayonida turgan soliq to‘lovchilar haqida tushgan ma’lumotlar shu kunning o‘zida Soliq qo‘mitasi tomonidan dastur orqali o‘rganib chiqiladi va har o‘n kunlik ma’lumotlar umumlashtirilgan holda soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin bo‘lgan soliq to‘lovchilar ro‘yxati shakllantiriladi.

10. Yillik aylanmasi oxirgi uch yil ichida o‘n milliard so‘mdan oshmagan hamda soliq xavfi darajasi o‘rta bo‘lgan soliq to‘lovchilar soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin bo‘lgan soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.

11. Soliq qo‘mitasi ixtiyoriy tugatilishi mumkin bo‘lgan soliq to‘lovchilarning ro‘yxati shakllantirganidan so‘ng ikki ish kunida ularning shaxsiy kabinetiga ro‘yxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari bilan ixtiyoriy tugatilayotganda soliqlarga doir xulosa berish bo‘yicha shartnoma tuzish orqali ixtiyoriy tugatish ishlarini amalga oshirish huquqi mavjudligi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.

Agar soliq to‘lovchida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, xabar buyurtma xat bilan pochta xizmati orqali yuboriladi.

12. Soliq qo‘mitasi soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin bo‘lgan soliq to‘lovchilarning ro‘yxati shakllantirilgandan so‘ng bir ish kunida ushbu ro‘yxatni Palataga o‘zining rasmiy saytiga joylashtirish uchun elektron shaklda taqdim etadi. Mazkur ro‘yxat Palata tomonidan har o‘n kunda to‘ldirilib boriladi.

4-bob. Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish va soliq to‘lovchi ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosani berish va e’tirof etish tartibi

13. Soliq qo‘mitasidan soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkinligi to‘g‘risida xabarnoma olgan soliq to‘lovchilar ushbu huquqlardan foydalanish istagini bildirganda, xabarnoma olgan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida o‘zlarining tashabbuslariga asosan ro‘yxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma asosida soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishini amalga oshirish haqida o‘zlarining shaxsiy kabineti orqali Soliq qo‘mitasini xabardor qiladi.

Agar soliq to‘lovchida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, xabar buyurtma xat bilan pochta xizmati orqali Soliq qo‘mitasiga yuboriladi.

14. Soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkinligi to‘g‘risida xabardor qilingan, ammo ushbu jarayon orqali tugatilish istagini bildirmagan soliq to‘lovchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatiladi.

15. Soliq to‘lovchi soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosa soliq organlari ushbu soliq to‘lovchini oxirgi soliq auditidan o‘tkazilgan sanadan boshlab (soliq auditi soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab amalga oshirilmagan bo‘lsa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab) tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida ro‘yxatdan o‘tkazgan organ xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan davr mobaynidagi moliya-xo‘jalik faoliyatini qamrab oladi, biroq ushbu davr uch yildan oshmasligi zarur.

16. Soliq to‘lovchi soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish jarayonida ro‘yxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga asosan soliq maslahatchilari tashkilotiga yoki auditorlik tashkilotiga barcha zarur hujjatlarni, shuningdek, oxirgi uch yillik davr uchun bank hisobvarag‘idan ko‘chirmani taqdim etadi.

Soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish jarayonida ro‘yxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkiloti tomonidan soliq to‘lovchining yillik aylanmasi oxirgi uch yilning biror-bir yilida 10 mlrd so‘mdan oshganligi aniqlangan taqdirda, soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish jarayoni to‘xtatiladi hamda shartnoma bekor qilinadi.

17. Soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish natijalari yuzasidan ro‘yxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda teng kuchga ega bo‘lgan mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq tasdiqlangan shaklda uch nusxada xulosa tuziladi va imzolanadi.

Xulosaning ikki nusxasi soliq to‘lovchiga (bir nusxasini Soliq qo‘mitasiga taqdim etish uchun) taqdim etiladi.

Soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkiloti soliqlarga doir xulosani elektron raqamli imzo yordamida soliq to‘lovchiga taqdim etishi, soliq to‘lovchi esa ushbu xulosani Soliq qo‘mitasiga o‘zining shaxsiy kabineti orqali taqdim etishi mumkin.

18. Ro‘yxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari tomonidan soliq to‘lovchilarga soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi xulosa shartnoma tuzilgan kundan boshlab o‘ttiz kundan kechiktirmay taqdim etilishi lozim.

19. Soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari tomonidan soliqlarga doir xulosa berilganidan boshlab besh ish kuni davomida soliq to‘lovchilar mazkur xulosani, unga o‘zining bank hisobvarag‘idan ko‘chirma va summalar ko‘rsatilgan hisobvaraq-fakturalar reestrini ilova qilgan holda soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali Soliq qo‘mitasiga taqdim qiladi.

Agar soliq to‘lovchida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, xulosa va unga ilova qilingan hujjatlar buyurtma xat bilan pochta xizmati orqali Soliq qo‘mitasiga yuboriladi.

20. Soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilayotgan soliq to‘lovchining soliq hisobotlaridagi ma’lumotlar va ixtiyoriy tugatilayotganda ro‘yxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari tomonidan berilgan soliqlarga doir xulosa o‘rtasida tafovut aniqlangan taqdirda, soliq to‘lovchilar besh ish kuni davomida mazkur tafovutlarni bartaraf etgan holda aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini o‘zlari ro‘yxatdan o‘tgan soliq organiga taqdim etishi lozim.

Ixtiyoriy tugatilayotgan soliq to‘lovchining soliq hisobotlaridagi ma’lumotlar va soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari ma’lumotlar o‘rtasida aniqlangan tafovutlarni soliq maslahatchilari tashkilotlarining yoki auditorlik tashkilotlarining tavsiyasiga ko‘ra xulosa bergunga qadar soliq to‘lovchilar tomonidan aniqlashtirilgan soliq hisobotlari taqdim etilishi mumkin.

Soliqlar bo‘yicha aniqlangan tafovutlar (ijobiy yoki salbiy farq summasi) O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda hisob-kitob qilinadi.

Bunda, soliq organlari aniqlangan salbiy farq bo‘yicha moliyaviy sanksiyalarni (penya bundan mustasno) va ma’muriy jarimalarni qo‘llamaydilar.

21. Soliq to‘lovchilarning hisobotlari va soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari tomonidan berilgan xulosada aniqlangan tafovutlar (ijobiy va salbiy farq summalari) bartaraf etilgan taqdirda, Soliq qo‘mitasi tomonidan soliqlarga doir xulosa tan olinadi hamda soliq to‘lovchilar soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilgan deb hisoblanadi.

22. Soliq qo‘mitasi tomonidan soliqlarga doir xulosa tan olingan hamda soliq to‘lovchilar soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilgan deb hisoblanganda ularga nisbatan soliq organlari tomonidan soliq auditi o‘tkazilmaydi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatish bo‘yicha ishlar yakunlanadi.

Soliq to‘lovchi mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan tartibda xabardor qilingan kundan keyin davlat organlari va tashkilotlar tomonidan soliq organlariga ularning ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lmagan soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilganda soliq organi ixtiyoriy tugatilayotgan soliq to‘lovchining faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soliq auditidan o‘tkazishga haqli.

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

23. Ro‘yxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari tomonidan soliqlarga doir berilgan xulosa doirasida ixtiyoriy tugatilayotgan soliq to‘lovchining soliq majburiyatlarini yashirishi yoki qasddan buzib ko‘rsatilganligi holatlari soliq organlari tomonidan aniqlanganda, ular ro‘yxatdan chiqariladi. 

Bunda, soliq organlari tanlov asosida ro‘yxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari tomonidan soliqlarga doir berilgan xulosalarni tekshirib ko‘rishga haqli va berilgan xulosalarda soliq to‘lovchining soliq majburiyatlari yashirib yoki qasddan buzib ko‘rsatilganligi holatlari aniqlanganda soliq organlari soliqlarga doir berilgan xulosalarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida tegishliligi bo‘yicha sudga murojaat qiladi.

Sud tomonidan soliq organlari soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarining soliqlarga doir berilgan xulosalarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi murojaati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va hal etiladi.

24. Ro‘yxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari ko‘rsatilgan xizmatlar davomida olingan ma’lumotlar hamda tuzilgan hisobotlarni soliq to‘lovchining roziligisiz soliq organlariga hamda boshqa shaxslarga ma’lum qilishga haqli emas.

25. Soliq to‘lovchi soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarining xulosasidan norozi bo‘lgan taqdirda hamda ular o‘rtasida yuzaga kelgan boshqa nizolar shartnomada va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

1-ILOVA

Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlarining ro‘yxatini yuritish va soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish

SXEMASI

BosqichlarSub’ektlarTadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqichSoliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlariSoliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda ularga soliqlar bo‘yicha xulosa beruvchi soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari sifatida ro‘yxatga kiritilishini so‘rab O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga murojaat qiladi.Zarurat paydo bo‘lganda
2-bosqichO‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasi

1. Soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarining Nizomda ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini o‘rganib chiqadi.

2. Soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkilotini ro‘yxatga kiritish yoki ro‘yxatga kiritishni rad etish to‘g‘risida xulosa beradi.

3 ish kuni mobaynida
3-bosqichO‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasi

1. Soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarini ro‘yxatga kiritish to‘g‘risida xulosa qabul qilinganda, ushbu xulosa asosida ro‘yxatni shakllantiradi.

2. Soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarini xabardor qiladi.

3 ish kuni mobaynida
4-bosqichO‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasi

1. Soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari Nizomda ko‘rsatilgan talablarga muvofiq kelmaganda, ularni ro‘yxatga kiritishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qiladi.

2. Soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarini bu haqida asoslangan xulosani taqdim etgan holda xabardor qiladi.

3 ish kuni mobaynida
5-bosqichSoliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlariRo‘yxatga kiritishni rad etish to‘g‘risidagi xulosada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga qayta murojaat etadi.O‘z xohishiga ko‘ra
6-bosqichSoliq qo‘mitasi

1. O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasi tomonidan yuritiladigan ro‘yxatni elektron shaklda onlayn tarzda yoki xat orqali oladi.

2. Soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi va muntazam ravishda yangilab boradi.

3 ish kuni mobaynida
7-bosqichSoliq qo‘mitasiYillik aylanmasi oxirgi uch yil ichida o‘n milliard so‘mdan oshmagan hamda soliq xavfi darajasi o‘rta bo‘lgan soliq to‘lovchilar soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin bo‘lgan soliq to‘lovchilar ro‘yxati shakllantiriladi.Har 10 kunda
8-bosqichSoliq qo‘mitasiIxtiyoriy tugatilishi mumkin bo‘lgan soliq to‘lovchilar ro‘yxati Palataga o‘zining rasmiy saytiga joylashtirish uchun elektron shaklda taqdim etadi.1 ish kuni mobaynida
9-bosqichO‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasiIxtiyoriy tugatilishi mumkin bo‘lgan soliq to‘lovchilar ro‘yxatini o‘zining rasmiy saytiga joylashtiradi va to‘ldirib boradi.Har 10 kunda
10-bosqichSoliq qo‘mitasiIxtiyoriy tugatilishi mumkin bo‘lgan soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetiga (yoki buyurtma xat bilan pochta xizmati orqali) ixtiyoriy tugatilayotganda soliqlarga doir xulosa berish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqi mavjudligi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.2 ish kuni mobaynida
11-bosqichSoliq to‘lovchiSoliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi huquqlaridan foydalanish istagini bildirganda soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari bilan shartnoma tuzadi va Soliq qo‘mitasini xabardor qiladi.10 ish kuni mobaynida
12-bosqichSoliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari

1. Soliq to‘lovchilarga soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi xulosa berish xizmatini ko‘rsatadi va xulosani taqdim etadi.

2. Soliq to‘lovchining yillik aylanmasi oxirgi uch yilning biror-bir yilida 10 mlrd so‘mdan oshganligi aniqlangan taqdirda, soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish jarayoni to‘xtatiladi hamda shartnoma bekor qilinadi.

Shartnoma tuzilgan kundan boshlab 30 kunda
13-bosqichSoliq to‘lovchiSoliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari tomonidan berilgan soliqlarga doir xulosani Soliq qo‘mitasiga taqdim qiladi.5 ish kuni mobaynida
14-bosqichSoliq to‘lovchiSoliq hisobotlaridagi ma’lumotlar va soliqlarga doir xulosa o‘rtasida tafovut aniqlangan taqdirda, mazkur tafovutlarni bartaraf etgan holda aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini soliq organiga taqdim etadi.5 ish kuni mobaynida
15-bosqichSoliq to‘lovchiSoliqlar bo‘yicha aniqlangan tafovutlar Soliq kodeksida belgilangan tartibda hisob-kitob qilinadi.Soliq kodeksida belgilangan tartibda
16-bosqichSoliq qo‘mitasiTafovutlar bartaraf etilgan taqdirda, soliqlarga doir xulosa tan olinadi hamda soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilgan deb hisoblanadi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatish bo‘yicha ishlar yakunlanadi.Belgilangan muddatda
17-bosqichSoliq organlariTanlov asosida soliqlarga doir berilgan xulosalarni tekshirib ko‘rishga haqli va berilgan xulosalarda soliq to‘lovchining soliq majburiyatlarini yashirishi yoki qasddan buzib ko‘rsatilganligi holatlari aniqlanganda, berilgan xulosalarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida tegishliligi bo‘yicha sudga murojaat qiladi.Belgilangan muddatda

2-ILOVA

Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari

RO‘YXATI

T / rSoliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkilotining to‘liq nomiSTIRDavlat ro‘yxatidan o‘tgan sanaPochta manziliTelefon raqami
      
      
      

3-ILOVA

Soliq to‘lovchi ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir

XULOSA

Soliq to‘lovchi

____________________________________________________________________________________________________________________________

bo‘yicha

(to‘liq nomi)

____________________________________________________________________________________________________________________________

(soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotining nomi, davlat ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumot, uning rekvizitlari)

____________________________________________________________________________________________________________________________

(soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarining ro‘yxatiga kiritilganligi haqida ma’lumot (Soliq maslahatchilari palatasi veb-saytidagi ro‘yxat raqami)

____________________________________________________________________________________________________________________________

(soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotining rahbari va soliq maslahati bo‘yicha xizmat ko‘rsatgan soliq maslahatchisining F.I.Sh va malaka sertifikati berilgan sanasi va raqami)

____________________________________________________________________________________________________________________________

(ixtiyoriy tugatilayotgan soliq to‘lovchining (mijoz) to‘liq nomi, STIR, manzili, rekvizitlari)

____________________________________________________________________________________________________________________________

(ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sana/ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ixtiyoriy to‘xtatish to‘g‘risida ariza taqdim etilgan sana)

____________________________________________________________________________________________________________________________

(ixtiyoriy tugatilayotgan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkiloti bilan soliq to‘lovchi tomonidan soliqlarga doir xulosa berish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqi mavjudligi to‘g‘risida Soliq qo‘mitasi tomonidan xabarnoma yuborilgan sana)

____________________________________________________________________________________________________________________________

(soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun tuzilgan shartnoma haqida ma’lumot (raqam va sana)

Xizmat ko‘rsatilgan davrlar

____________________________________________________________________________________________________________________________

(kalendar yil(lar))

____________________________________________________________________________________________________________________________

(soliq to‘lovchi haqida qisqacha ma’lumot (davlat ro‘yxatidan o‘tgan sana), amalga oshirgan faoliyat turlari)

____________________________________________________________________________________________________________________________

(ta’sischilar va ustav fondi haqida ma’lumot)

____________________________________________________________________________________________________________________________

litsenziyalanadigan faoliyat turi haqida ma’lumot (nomi, raqami, sanasi)

____________________________________________________________________________________________________________________________

(xulosa berilgan davrda (yillar bo‘yicha) to‘langan soliq turlari, aylanma (tushum) miqdori)

____________________________________________________________________________________________________________________________

(aniqlangan tafovutlarning soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra xizmat ko‘rsatish jarayonida bartaraf etilishi to‘g‘risida ma’lumot (agar bartaraf etilgan bo‘lsa)

Ixtiyoriy tugatilayotgan soliq to‘lovchiga ko‘rsatilgan soliq maslahatini ko‘rsatish natijasi quyidagicha:

_________ yilgi faoliyati bo‘yicha:

so‘mda

T / rSoliq turiSoliq to‘lovchi hisoboti bo‘yichaSoliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkilotining ma’lumoti bo‘yichaFarqi
     

_________ yilgi faoliyati bo‘yicha:

so‘mda

T / rSoliq turiSoliq to‘lovchi hisoboti bo‘yichaSoliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkilotining ma’lumoti bo‘yichaFarqi
     

_________ yilgi faoliyati bo‘yicha:

so‘mda

T / rSoliq turiSoliq to‘lovchi hisoboti bo‘yichaSoliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkilotining ma’lumoti bo‘yichaFarqi
     

Tavsiyalar:

____________________________________________________________________________________________________________________________

(tafovut aniqlanganda, ularni bartaraf etish bo‘yicha Soliq qo‘mitasiga yuboriladigan hujjatlar to‘g‘risida ma’lumot va boshqa tavsiyalar)

Soliq maslahatchilari tashkiloti yoki

auditorlik tashkilotining rahbari __________________ F.I.Sh __________ imzo

Soliq maslahatchisi _____________________________ F.I.Sh __________ imzo.